2 -topshiriq.306-mashq. Topishmoqlarni o‘ing, javobini toping. Sifatlarni aniqlab belgilang.Yozilishiga e’tibor qiling.
|
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa.
307-mashqdagi she’rni ifodali o‘qib, ko‘chirish, sifatlarni aniqlab, ularning qaysi so‘zga bog‘langanini chizmada tasvirlash vazifasi beriladi.
Namuna: Tip-tiniq osmon.
- Sifatlarning yozilishini tushuntirish, Jimit, pokiza so‘zlariga ma’nodosh sifat topish vazifasi beriladi.
105
Mavzu: Sifat- so ‘z turkumini mustahkamlash. (308-312-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning sifat so‘z turkumi haqidagi bilimlarini umumlashtirish va mustahkamlash. Juft sifatlarning yozilishini amaliy o‘rgatish, ma’nolari haqida tushuncha hosil qilish. Ma’nodosh so‘zlar topish malakasini oshirish; Sifatning nutqimizdagi roli, sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish, shaxs va narsalarning belgi xususiyatlarini yaqqol ko‘ra bilish, sifatlarga so‘roqlarni to‘g‘ri qo‘ya bilish, ta’sirchan so‘zlash, go‘zallikka intilish kabi his-tuyg‘ularni tarbiyalash.
FK1: sifat va ularning otga bog‘lanishini, gapdagi vazifasini, ma’no turlarini, -ser, be-, -siz, -li, -cha, -dor, -q sifat yasovchi qo‘shimchalar ekanini, yozilishini bilishi;
tarbiyaviy: tabiatga to‘g‘ri munosabatning mohiyati, tabiatni muhofaza qilish insonning burchi ekanligi, ekologik nochorlikka olib keladigan sabablarni anglash va baholash bo‘yicha bilimlarni berish. TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish;TK4: oilada o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglash.
rivojlantiruvchi: o‘quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga va amaliyotda qo‘llashga erishish. FK2: o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi. TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish, fayllarni ochishda media madaniyatiga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |