IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mavzuni mustahkamlash uchun test olinadi.
1. Sifat so‘z turkumi deb nimaga aytiladi?
|
A) Shaxs-narsani harakatini bildirib, nima qildi? nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarga aytiladi
B) Shaxs-narsani nomini bildirib, kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarga aytiladi
D) Shaxs-narsani belgisini bildirib, qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarga aytiladi
E) Shaxs-narsani sanog‘ini bildirib, necha? nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarga aytiladi
2. Sifat yasovchi qo‘shimchalar qaysilar?
A) -zor -loq, -ga.
B) -chi, -kor, -dosh.
D) -li, -siz, -zor.
E) -ning -ni, -ga.
3. Qaysi sifat yasovchi qo‘shimchalar belgiga egalik ma’nosini bildiradi?
A) -zor
B) -li
D) -li, -siz
E) -li, -dor
4. Qaysi sifat yasovchi qo‘shimchalar belgiga ega emaslik ma’nosini bildiradi?
A) -zor
B) -li
D) -siz
E) –dor
5.Toshsiz tog‘ bo‘lmas, ko‘chatsiz bog‘ bo‘lmas maqoldagi sifatlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
A) toshsiz, ko‘chatsiz
B) tog‘, bog‘
D) bo‘lmas, bog‘
E) toshsiz, tog‘
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa.. .
303-mashq. Porla, chanqa fe’llariga -q sifat yasovchi qo‘shimcha qo‘shib, sifatlar yasang. So‘zlarda qanday tovush o‘zgarishlari bo‘ldi? Nima uchun?
porla+q=porloq, qayna+q=qaynoq .
104
Mavzu: Sifatlarning yozilishi. (304-307-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: sifat yasovchi qo‘shimchalar haqida ma’lumot, -ser, be-, -siz, -li, -chan, -dor, -a sifat yasovchi qo‘shimchalari bilan tanishtirish, asosdan anglashilgan ma’no bilan bog‘liq holda boshqa so‘zlar hosil qilishni amaliy ko‘rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |