Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


s uvchi -chi - la suvla


Download 2.28 Mb.
bet176/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

s uvchi -chi




- la suvla




Suv




s uvli -li




- siz suvsiz

Sifatlarning tarkibiy qismlarini belgilang.
Ularning qaysi qismi bir xil?
Ular qaysi so‘z turkumiga kiradi?
So‘z ma’nolarini qaysi qism o‘zgartiryapti?
Tanlash uchun so‘zlar: serhosil, suvli, beodob, harakatchan.
Sifat turkumidagi so‘zlar qanday ko‘payib boradi?



2 -topshiriq
Bir xil asosli so‘zlarni o‘qing.So‘roqlar yordamida so‘zlarning qaysi turkumiga oidligini ranglar orqali belgilang. Sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni tarkibiy qismlarini tegishlichabelgilang.
297-mashq. So‘zlarni o‘qing ma’nodosh so‘zlarni tanlab belgilanadi.

ishchan

hosildor

odobsiz

sersuv

serhosil

suvli

harakatchan

beodob





IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mavzuni mustahkamlash va o‘quvchilarni qiziqtirish uchun“Boshqotirma” savollari beriladi.






























1. “–chi” dan oldin kelsa gul,
“-dor” dan oldin kelsa gul.
Qaysi so‘z hosil bo‘lar,
Ayting, buni kim bilar?










































2. Tuzli, tuzsiz, tuzla, tuzlar,
Topingchi, qanday so‘zlar?
298-mashqda berilgan sifatlarga qarama-qarshi ma’noli sifatlar topib juftlab yozdiriladi.
Gulli--………..,odobli--………., unumli--……., suvli--……..,ishli--…… .
Gulli—gulsiz odobli—beodob , unumli— unumsiz , suvli—suvsiz , ishli —ishsiz .

Gulli--gulsiz,odobli--odobsiz, unumli -unumsiz


suvli--suvsiz,ishli—ishsiz. Sifatlarning ingliz tilidagi tarjimasi beriladi.

  • Gul---flower gulli---withflowers

  • Odob--manners odobli—wellmannered

  • Suv—water suvli—watery

  • Ish—work ishli—having work

Sifatlarni tarkibiy qismlarga ajrating. Qo‘shimchalar qanday vazifa bajaryapti?
Sifat yasovchi qo‘shimchalarni tegishlicha belgilang.

O‘rnini top” ta’limiy o‘yini orqali mavzu mustahkamlanadi. O‘qituvchi qo‘shimchalar yozilgan tarqatmani guruhlarga tarqatadi.




1 – kor

2 – dosh

3 – ga

4 – siz

5 – la

6 – ning

7 – dor

8 – li

9 – dan

10 – zor

11 – illa

12 – da

13 – loq

14 – chi

15 – ni

1. Ot yasovchi qo‘shimchalar :1,2,7,10,13,14
2. Sifat yasovchi qo‘shimchalar:4,8,
3. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar: 5,11,
4. So‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalar:3,6,9,12,15
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa.
299- mashqdagi so‘zlarni o‘qing, ularning qaysi turkumga oidligini so‘roqlar yordamida aniqlanadi.
Ko‘ylak-nima? ot, -li ko‘ylakli, hosil-nima? ot, -dor hosildor; aql-nima? ot, -siz aqlsiz; talab-nima?ot,-chan talabchan; rasm-nima? ot –li rasmli. Berilgan so‘zlarga sifat yasovchi qo‘shimchalardan qo‘shib, yangi so‘zlar hosil qiling va yozing.



103


Mavzu: Sifat yasovchi qo‘shimchalar. (300-304-mashq.)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: sifat yasovchi qo‘shimchalar haqida ma’lumot, -ser, be-, -siz, -li, -chan, -dor, -a sifat yasovchi qo‘shimchalari bilan tanishtirish, asosdan anglashilgan ma’no bilan bog‘liq holda boshqa so‘zlar hosil qilishni amaliy ko‘rsatish. FK1: -ser, be-, -siz, -li, -cha, -dor, -q sifat yasovchi qo‘shimchalar ekanini, yozilishini bilish;
tarbiyaviy: ajdodlarimiz qoldirgan komil insonga xos ijobiy sifatlarni yomon holatlardan ajrata bilishga, yaxshilikni o‘ziga shior qilib olishga o‘rgatish. TK3:o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish;TK4: o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni mustaqil va jadal fikrlashga, hozirjavoblikka, aytilgan fikrning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida o‘ylashga va o‘z fikrini mustaqil va izchil isbotlashga o‘rgatish. FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila olish.
Darsning turi: yangi bilim ,ko‘nikma, malaka shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat metodi, test metodi.
Darsning jihozlari: shaxs va narsa rasmlari , didaktik tarqatmalar.
Darsning borishi:



  1. Tashkiliy qism.

  2. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Birliksiz kuch bo‘lmas.

O‘tilgan mavzuni so‘rash Saylanma diktant orqali o‘tkaziladi.
Saylanma diktant quyidagi gaplar bilan o‘tkaziladi:
1. Moviy osmonda oppoq bulutlar sayr qilmoqda.
2. Musaffo osmonda qushlar galasi qanot qoqmoqda.
3. Oq, sariq, qizil kamalaklar quyoshda tovlanmoqda.
4. Quyoshli o‘lkamizning go‘zal tabiati kishini o‘ziga tortadi.
O‘qituvchi gaplarni birma-bir o‘qiydi.
O‘quvchilar gapni diqqat bilan tinglab, sifatlar bilan bog‘lanib kelayotgan so‘zlarni aniqlab, ularni birgalikda yozadilar.
— Narsaning belgisi deganda nimani tushunasiz?
Uyga berilgan 299- mashqdagi so‘zlar o‘qitiladi, ularning qaysi turkumga oidligini so‘roqlar yordamida aniqlanganligi so‘raladi.
Ko‘ylak-nima? ot, -li ko‘ylakli, hosil-nima? ot, -dor hosildor;
aql-nima? ot, -siz aqlsiz; talab-nima? ot, -chan talabchan;
rasm-nima? ot –li rasmli.
Berilgan so‘zlarga sifat yasovchi qo‘shimchalardan qo‘shib, yangi so‘zlar hosil qilinganligi va husnixat tarzida yozilganligi tekshiriladi..

Beshinchisi ortiqcha”metodi orqali so‘z turkumlari mustahkamlanadi.Berilgan so‘z turkumlaridan qatordagi bitta ortiqchasini topiladi doskaga so‘zlar yozilgan plakatni iladi. O‘quvchilar esa ularni o‘qib, ortiqchasini topadi:

Daraxt, suv, osmon, ko‘m ko‘k, barg.
Kamalak, yomg‘ir, choynak, piyola, kap-katta.

Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling