III. Yangi mavzu bayoni.
Doskaga ko‘cha, gul, bino, daraxt rasmlari ilib qo‘yiladi. O‘quvchilar bilan quyidagi savol-topshiriqlar yordamida suhbat o‘tkaziladi:
— Rasmda nima (qanday shahar) tasvirlangan? (Katta, chiroyli shahar.)
Shaharda nimalarni ko‘ryapsiz? (Binolarni, daraxtlarni, ko‘chani...)
-Qanday bino? (Baland, ko‘rkam bino.)
-Qanaqa daraxt? (Baland, yam-yashil, chiroyli, sershox daraxt.)
-Qanday ko‘cha? Katta. keng ko‘cha.)
-Siz shaharni, binoni, daraxtni, ko‘chani tasvirlash uchun qaysi so‘zlardan foydalandingiz?
- Shu so‘zlarga so‘roq bering. (O‘quvchilar foydalangan so‘zlarini aytib, ularga
qanday ? yoki qanaqa? so‘roqlarini beradilar. )
Darslikdagi 304- mashq o‘qitiladi. Sifatlarni topiladi va avval yasovchi qo‘shimchali sifatlarni, so‘ng yasovchi qo‘shimchasiz sifatlarni ko‘chirish vazifasi beriladi.
Sifatlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chirib, ularning tagiga to‘lqinli chiziq chiziladi.
1 -topshiriq.304-mashq.She’rni o‘qitiladi.Yasovchi qo‘shimchali sifatlarni bir shaklga,yasovchi qo‘shimchasiz sifatlarni ikkinchi shaklga joylash topshirig‘i beriladi.
|
Darslikdagi 305- mashq o‘qitiladi. Juftlab berilgan birikmalarni o‘qitiladi. Ma’nosidagi farqni aytiladi.
Katta bola — kap-katta bola. Yashil qir — yam-yashil qir.
Oq ko‘ylak— oppoq ko‘ylak. Tiniq suv — tip-tiniq suv.
Qizil mato — to‘q qizil mato. Pushti gul—och pushti gul.
O‘qituvchi o‘quvchilarga mashq yuzasidan savollar beradi.
-Belgini kuchaytirib va ozaytirib ko‘rsatadigan sifatlar qanday yoziladi?
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslikdagi 306-mashqdagi topishmoqlarni o‘qitiladi, javobi topiladi. Sifatlar aniqlanadi, yozilishiga diqqat qilish kerakligi aytiladi.Topishmoqlar ko‘chiriladi sifatlar tagiga chiziladi. O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadilar. Har bir guruhdagi 1 o‘quvchi bittadan topishmoqni o‘qiydi. Shu guruhdagi o‘quvchilar birgalikda topishmoqning javobini topadilar. Javobini birinchi bo‘lib topgan o‘quvchi doskaga topishmoqni husnixat bilan yozadi. Qolgan o‘quvchilar daftarlariga yozadilar va sifatlarning tagiga to‘lqinli chiziq chizadilar. Qaysi guruhdagi o‘quvchilar berilgan topshiriqni yaxshi va tez bajargan bo‘lsalar, rag‘batlantiriladi.
1.Dum-dumaloq jajji oy,
Chaqib yesang g‘ij-g‘ij moy.(yong‘oq)
2.Yashil gumbaz ichida
Qip-qizil xona.
Bir xil libos,teng bo ‘yli
Ming bir dugona .(Tarvuz)
Do'stlaringiz bilan baham: |