1 -topshiriq.
Trenajyormashqidan foydalanib, o‘quvchilarchiziqchalar o‘rniga mazmunga mos raqamlarni qo‘yib maqollarni o‘qiydilar va daftarlariga husnixat asosida yozadilar.
“Kim ko‘p maqol biladi?” ta’limiy o‘yini;
Bu ta’limiy o‘yinda o‘qituvchi doskaga 7, 8, 1, 100 kabi sonlarni yozib qo‘yadi. O‘quvchilar shu sonlar qatnashgan maqollar topadilar. Ko‘p maqol topgan o‘quvchi “Sinfimiz faxri” nominatsiyasi bilan taqdirlanadi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
2-topshiriq.
3 24-mashqda tasvirlangan rasm ekranda namoyish etiladi.
O‘quvchilar rasmnidiqqat bilan kuzatadilar. Rasm asosida o‘rtoqlari bilan suhbatlashadilar. O‘qituvchi ularga nutqingizda mahsulotlarning narxi va miqdorini bildiruvchi so‘zlarni qo‘llash mumkinlagini aytadi.
|
“
IPT
Do‘konda” ta’limiy o‘yiniO‘quvchilardan biri sotuvchi, ikkinchisi xaridor bo‘lib sahna ko‘rinishi namoyish qilishadi.
Sahna quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Assalomu aleykum. Ikkita ruchkangiz va to‘rtta daftaringiz necha so‘m bo‘ladi?
-Bitta ruchka 250 so‘m va bitta daftar 450 so‘m turadi.
-Hammasiga necha so‘m to‘layman?
-Hammasiga 1400 so‘m berasiz.
Topshiriq: Tuzgan hikoyangizdan sonni topib, harfiy ifoda bilan yozing.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Dars yakunlanadi va oʻquvchilar bilimi baholanib, ballar izohlanadi.
VI. Uyga vazifa..
325-mashq. O’quvchilar uyda topishmoqning javobini topadilar va o‘zi bog‘langan ot bilan birga ko‘chiradilar.
78
112-dars.
Darsning mavzusi: Sanoq va tartib sonlar. (326-328-mashqlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |