Namuna:5 ta uy, 9-qavat, 50-sahifa, 69-maktab, XXI asr, 2- qism.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
333- mashqda o‘quvchilar matnni rollarga bo‘lib o‘qiydilar. Gaplarning ohangidagi farqni izohlaydilar.
Uchinchi qorishmaga sement solib aralashtirayotganda:
Sement kam bo‘ldi. Yana biroz sement solinglar. Poydevor bo‘sh bo‘lmasin, - dedi Choriyor aka. To‘gri aytasiz. Qahhorga o‘xshab poydevori bo‘sh bo‘lib qolmasin,- dedi akasi Jabbor.
-Qanaqa poydevor? -yig‘lamsirab so‘radi Qahhor.
Birinchi sinfda yomon o‘qigansan, demak, poydevoring bo‘sh!
Qahhor xo‘rligi kelgan ahvolda ikkita chelakni ko‘tarib borar ekan, birinchi sinfda o‘qigan paytlarini esladi. 4-sinfda yaxshi o‘qishga ahd qildi.
“Tushunchalar tahlili” metodi:
Bu metodda o‘qituvchi matnda berilgan qiyin so‘zlar ustida ishlanadi.
V.Darsga yakun yasash va baholash.
2 -topshiriq.O‘qituvchi dars yakunida “Tez aytish” musobaqasini tashkil etadi. O‘quvchilar ekranda berilgan tez aytishlarni o‘qiydilar. So‘roqlar yordamida sonlarni aniqlab, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga belgilaydilar. Tez aytishni bir nafasda bir necha martta aytish uchun mashq qiladilar.Tez aytishda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi rag‘bat kartochkasi bilan rag‘batlantiriladi.
To‘g‘ri javob:
1. Bir ko‘k turp, ko‘k turp yonida to‘rttup turp.
2. Yetti to‘ti, mitti to‘ti, yetmishtaga yetdi to‘ti.
3. Tal’at tog‘am to‘rt tog‘ora tog‘olcha terdi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |