Mashq quyidagicha bajariladi.
Dilnozaning uyiga Sarvi xola chiqdi (o‘tgan zamon). Dilnoza Sarvi xolaga odob bilan salom berdi (o‘tgan zamon). U darrov ichkaridan ko‘rpacha olib chiqdi (o‘tgan zamon).
Dilnoza tezda dasturxon yozdi (o‘tgan zamon). Noz-ne’matlarni keltirdi (o‘tgan zamon). Sarvi xola ko‘p o‘tirmadi (o‘tgan zamon), lekin Dilnozani maqtadi (o‘tgan zamon).
|
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Y
IPT
angi mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘qituvchi “Yod yozuv diktanti” oladi. O‘qituvchi she’rni doskaga yozib qo‘yadi. O‘quvchilar she’rni o‘qib, tinish belgilarining ishlatilishiga e’tibor beradilar.
Kuldi lolaqizg‘aldoq,
Bahor keldi-yo.
Yashnab ketdi hamma yoq,
Qirlar kuldi-yo. Safo Ochil
O‘quvchilar she’rni yoddan yozadilar va so‘roqlar yordamida fe’llarni topib, zamonini ko‘rsatadilar.
Namuna: kuldi-fe’l, o‘tgan zamon fe’li.
keldi-yo - fe’l, o‘tgan zamon fe’li.
Yashnab ketdi- fe’l, o‘tgan zamon fe’li.
O‘qituvchi o‘quvchilarning ishlarini tekshirib, izohlab baholaydi.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
-O‘tgan zamon fe’li haqida nimalarni bilib oldingiz?
O‘quvchilar javobi tinglanadi va o‘qituvchi tomonidan xulosa qilinadi:
O‘tgan zamon fe’li –di, -gan qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini tinglab, umumlashtiradi. Dars yakunlanadi. O‘quvchilar bilimi izohlab baholanadi va “Yasha”, “Tasanno” so‘zlari bilan rag‘batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa..
384-mashq shartiga ko‘ra bajariladi.
137-dars
Darsning mavzusi: O‘tgan zamon fe’li.( 385-387-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning o‘tgan zamon fe’li haqidagi bilimlarini mustahkamlash; o‘tgan zamon fe’lini hosil qiluvchi –gan,kan,-qan qo‘shimchalarining yozilishini tushuntirish; FK1: fe’l zamonlari, fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi tuslanishini, va imlosini bilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |