Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


V. Darsga yakun yasash va baholash


Download 2.28 Mb.
bet254/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘qituvchi o‘quvchilardan “Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?” savoliga javob oladi va darsni yakunlaydi. O‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa..
400-mashq. “Dala ishlari“ mavzusida hikoya yozib, unda yumshat, ek fe’llarini
kelasi zamonda qo’llash topshirig‘i beriladi.


144-dars.


Darsning mavzusi: Kelasi zamoh fe’li. (401-403-mashq)
Darsning maqsadi:
ta’limiy:o‘quvchilarga fe'lning uch zamoni, zamonning nutq so‘zlanib turgan paytga nisbatan belgilanishi haqida ma'lumot berish; kelasi zamon fe’li va uning qo‘shimchalari haqidagi bilimini mustahkamlash. FK1: fe’llarning talaffuzi fe’l zamonlari, fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi tuslanishini, va imlosini biladi, o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi,
tarbiyaviy: odob-axloq qoidalari” ni o‘quvchilar ongiga singdirish;TK4: o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, so‘zlarni xatosiz va husnixat bilan yozish malakasini rivojlantirish. FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. TK2: darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish.
Dars turi: bilim, ko‘nikma, malakalarini umumlashtiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, ta’limiy o‘yin.
Darsning jihozi:mavzuga oid rasmlar,multimedia ilovasi .
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
H usnixat daqiqasi:
Usta bo‘lsang ustozingni unutma.
Uyga berilgan 400-mashq o‘quvchilarga o‘qitiladi,gapdan fe’llarni topib so‘roqlar beriladi.Uy vazifasini to‘g‘ri va husnixat bilan bajargan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimi savollar yordamida
aniqlanadi:

  • Fe’l deb nimaga aytiladi?

  • Fe’lda nechta zamon bor?

  • Fe’l zamonlarining nomini ayting va misollar keltiring?

O‘qituvchi o‘quvchilarning fikrlarini tinglab, umumlashtiradi.

Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling