Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet257/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

H usnixat daqiqasi:
Asaldayin yoqadi,
aridayin chaqadi. ( Gap, so‘z)

III.Yangi mavzu bayoni.
T
IPT
opshiriqli diktant.

Men kutubxonaga bordim . Sen qaysi to‘garakka qatnashyapsan?
U tikish – bichishni o‘rgandi .
Gapdagi bosh bo‘laklarni so‘roq yordamida toping , tagiga chizing. Fe’llarni toping , harakatning bajarilgan – bajarilmaganini ayting.
Gapdagi ega qaysi shaxsni ifodalagan ? ( Kishilik olmoshi I shaxsni ifodalagan .)
Birinchi gapdagi olmosh nechanchi shaxs kishilik olmoshi? (I shaxs kishilik olmoshi.)
-Fe’l oxiridagi – im qo‘shimchasi qanday ma’noni anglatadi ?
(O‘quvchilar o‘ylanadi . Men nechanchi shaxs ?- I Shaxs. – im qo‘shimchasi harakatni I shaxs bajarganini anglatadi.)
-Birinchi gapdagi men olmoshining o‘rniga biz so‘zini qo‘yib gapni o‘qing. Fe’lda qanday o‘zgarish bo‘ldi ? ( Biz kutubxonaga bordik .Fe’l oxiriga – m o‘rniga –k qo‘shimchasini qo‘ydik .)
-Ikkinchi gapdagi harakatni kim bajargan ? ( II shaxs bajargan.)
-Uchinchi gapdagi –u olmoshining ko‘pligini qo‘yib , gapni o‘qing.
( Ular tikish – bichishni o‘rgandilar )
-Fe’lga qanday qo‘shimcha qo‘shildi ? ( - dilar qo‘shimchasi qo‘shilgan. )
Topshiriqli diktant orqali qoida kelib chiqadi.
Darslikdagi 404-mashq o‘quvchilarga ovoz chiqarib o‘qitiladi.O‘qigan gaplaridan
harakatni bildirgan so‘zlarni topib , ega bilan birga daftarlariga ko‘chiradilar.
Namuna: Men berdim.
Gapning egasi men, kesimi berdim so‘zi ekanligi so‘roqlar yordamida o‘quvchilarga tushuntiriladi.
Fe’llardagi –m, -man, -ng, -san, -di(-ti), -k, -miz, -ngiz, -siz, --di(lar) shaxs-son qo‘shimchalaridir.




Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling