Lug‘at ustida ishlash.
Zangori-ko‘k, osmon rang
Ifor sochib – hid taratib
“Rasmni o‘qi” o‘yini orqali bajartiriladi. O‘quvchilarga ertakka chizilgan rasmni ekranda ko‘rsatadi. O‘quvchilar ertakka sarlavha topadilar, mazmunini so‘zlab berishadi.
-Ertakning nomini kim topdi?
-Laylak qanday qilib cholning qo‘liga tushib qoldi?
-Chol laylakdan nimalarni so‘radi?
O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga shaxs –son qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, ertakni o‘qiydilar. Ertakning birinchi gapini o‘qing. Fe’lga qanday qo‘shimcha qo‘shdingiz?
(-di qo‘shimchasi qo‘yildi: so‘zlabdi. -di qo‘shimchasi III shaxs birlikdagi fe’ldir.)
Boshqa gaplar ham shu tarzda tahlil qilinadi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
413-mashq. O‘quvchilar matnni ichda o‘qib chiqadilar. Matn asosida quyidagicha savol-javob uyushtiriladi.
-Yilboboning nechta farzandi bor ekan?
-Yil bobo nima uchun shaharga ketibdi?
-Bolalar qanday o‘yin o‘ynashibdi?
Qishjon, Bahorgul, Yozbek, Kuzbekani qanday topdi?
O‘quvchilar javobidan xulosa qilinadi.
Matndan o‘quvchilar fe’llarni so‘roqlar yordamida topadilar.
(
IPT
Yil bobo nima qilibdi? Yil bobo ko‘ribdi.)
Yodda tuting!
Ko‘ripti, namlapti, ketipti kabi fe’llari aytamiz, lekin ko‘ribdi, namlabdi, ketibdi tarzida yoziladi.
V
IPT
. Darsga yakun yasash va baholash.
Dars yakunida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilimini tekshirish maqsadida “Bilimdon” ta’limiy o‘yinini o‘tkazadi.O‘qituvchi o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, so‘zlar yozilgan tarqatmani beradi. O‘quvchilar ushbu so‘zlarni shaxs-sonda tuslaydilar. Topshiriqni birinchi bajargan o‘quvchi bilimdon hisoblanadi. Maqtadi, yozdi, yordamlashdi)
Namuna:
№
|
Fe’llar
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
1
|
I shaxs
|
maqtadim
|
maqtadik
|
2
|
II shaxs
|
maqtading
|
maqtadingiz
|
3
|
III shaxs
|
maqtadi
|
maqtadilar
|
O‘quvchilar bilimi izohlab baholanadi, rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |