H usnixat daqiqasi:
Ish avvalini bir o‘ylasang,
Oxirini besh o‘yla.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan mashqni tekshirish.Uy vazifasi o‘quvchilarga o‘qitish orqali tekshiriladi.Bir o‘quvchi fe’lni,shaxs-son qo‘shimchalarini aytadi,ikkinchi o‘quvchi shu fe’lni doskada yozadi va shaxs-son qo‘shimchalarini belgilaydi:kuzatganman,kuzatganmiz,tayyorladik,chopdik,maydaladik,sarflaymiz.
III.Yangi mavzu bayoni.
O‘qituvchi doskada o‘quvchilar tasvirlangan rasmni ekranda ko‘rsatadi. Bitta o‘quvchi rasmdagi qizchaga ism qo‘yib, gap tuzadi, savol-javob o‘tkazadi.Gulmira she’r o‘qidi.
-Birinchi gap kim haqida ekan?( Gulmira haqida)
Gulmira nima qildi? (O‘qidi)
O‘qidi fe’liga –m shaxs-son qo‘shimchasini qo‘shib o‘qing.(Gulmira she’rni o‘qidim. Gapning ma’nosi tushunarsiz bo‘lib qoldi.)
Gapdagi so‘z ma’no jihatidan bog‘lanmadi.Xulosa: Shaxs-son qo‘shimchasi gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qiladi.
D
IPT
arslik bilan ishlash.
415-mashq “Rasmni o‘qi”ta’limiy o‘yini orqali bajartiriladi. O‘quvchilarga ertakka chizilgan rasmni ekranda ko‘rsatadi. O‘quvchilar ertakka sarlavha topadilar, mazmunini so‘zlab berishadi.
-Ertakning nomini kim topdi?
-Laylak qanday qilib cholning qo‘liga tushib qoldi?
-Chol laylakdan nimalarni so‘radi?
O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga shaxs –son qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, ertakni o‘qiydilar. Mashqda berilgan gaplar quyidagicha tahlil qilinadi:
-Ertakning birinchi gapini o‘qing.
- Fe’lga qanday qo‘shimcha qo‘shdingiz?(-di qo‘shimchasi qo‘yildi.)
-So‘zlabdi fe’lining shaxs va birligini ayting. (so‘zlabdi fe’li -di qo‘shimchasi, III shaxs birlikda.)
Boshqa gaplar ham shu tarzda tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |