-Birinchi gapning bosh bo‘laklarini so‘roq orqali aniqlang. (tog‘laringda kezganman – nima qilganman? kesim,kim? Kezgan-men kezganman. Men degan egasi tushib qolgan.)
-Ikkinchi gapning kesimini toping. (Nima qilganman?-kezganman.Ikkala gapning kesimi bir xil so‘z.)
-Kezganmanfe’li qaysi shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslangan ? (-man I shaxs birlik qo‘shimchasi.)
-Ikkinchi gapning fe’lini , unga qo‘shilgan tuslovchi qo‘shimchalarni aniqlang (Sezganman – nima qilganman ? I shaxs birlikda.)
-Birinchi gapdagi fe’lni toping , qaysi qo‘shimchalar bilan tuslanganini tushuntiring. (Nima qildik- sevdik.I shaxs ko‘plik qo‘shimchasi.)
O‘quvchilar qolgan fe’llarning qaysi qo‘shimcha bilan tuslanganini aytadilar. Topshiriqni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Y
IPT
angi mavzuni tushuntirishda o‘qituvchi “Eshituv diktanti”dan foydalanadi. Doskaga o‘qidim, yozding, so‘radi, bordik, kulyapsiz so‘zlarini aytib turadi. O‘quvchilar so‘zlarni avval eshitadilar, yozadilar va fe’llardagi shaxs-son qo‘shimchalarini tegishlicha belgilaydilar.
-Fe’llarga qo‘shilgan qaysi shaxs-son qo‘shimchalarini belgiladingiz? (-m, -man, -ng, -san, -di, -siz qo‘shimchalarini)
Shaxs-son qo‘shimchalarini tuslovchi qo‘shimchalar deb ataymiz. Fe’llarning tuslovchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanishi tuslanish deyiladi.
Darslik bilan ishlash.
411-mashq.Berilgan fe’llarni uch shaxsda birlik va ko‘plikda tuslab yozing.
Kul, yozgan, chopmoqchi.
Namuna:
№
|
Shaxslar
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
1
|
I shaxs
|
kuldim
|
kuldik
|
2
|
II shaxs
|
kulding
|
kuldingiz
|
3
|
III shaxs
|
kuldi
|
kuldilar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |