VI.Uyga vazifa..
410-mashqda berilgan she’r matni husnixat asosida yozib kelish topshirig‘i beriladi.
147-dars
Darsning mavzusi:Fe’llarning tuslanishi. (411-414-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarga tuslovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishi; fe’llarning tuslanishi haqida ma’lumot berish; FK1: fe’llarning talaffuzi, fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi tuslanishini, va imlosini biladi, o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi,
tarbiyaviy: o‘quvchilarning tabiatda bo‘ladigan o‘zgarishlar orqali tabiatni sevishga, uning in’omlaridan mohirona foydalanishga o‘rgatish; TK5: milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash.
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning so‘z boyligini va savodxonligini oshirish;bilim olishga ishtiyoqini o‘stirish. FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. TK2: radiodan eshitgan, televizordan ko‘rgan lavhalarni tushunish va turli manbalardan kerakli ma’lumotlarni izlab topish hamda undan foydalana olish;
Dars turi: yangi bilim beruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, kichik guruhlarda ishlash,ta’limiy o‘yin.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Husnixat daqiqasi:
Ko‘zga ko‘rinmas,qo‘lga tutilmas,
B osgda bo‘ladi, yoshdan bilinmas.( Aql)
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘qituvchi uyga berilgan 410-mashqdagi she’rni o‘quvchilarga ifodali o‘qitadi va quyidagicha tahlil qilinadi:
-She’r nima haqida ekan?
-She’r necha banddan va necha misradan iborat?
-She’r necha gapdan tuzilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |