II. O ‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
H usnixat daqiqasi.
Ota-onangizga hurmatda va izzatda bo‘ling.
|
Uyga berilgan 452-mashq tekshiriladi.-la-illa yasovchi qo‘shimchalari bilan fe’llar yasab yozilganlar va yozgan so‘zlarining asos va qo‘shimchalarini belgilanganligi aniqlanadi.
Test sinovi o‘tkaziladi:
1. So‘z turkumlarini belgilang:
A) ot B) sifat D) son E) fe’l F) hamma javoblar to‘g‘ri.
2. To‘g‘ri javobni tanlang:
1) Ot bu ...
2) Sifat bu ...
3) Son bu ...
4) Fe’l bu ...
A) shaxs va narsaning sanog‘ini bildirib, nechta? qancha? so‘roqlariga javob bo‘ladi
B) shaxs va narsalarning harakatini bildirib, nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi?
so ‘roqlariga javob bo‘ladi
D) narsa va shaxsning nomini bildirib, kim? yoki nima? so‘roqlariga javob bo‘ladi
E) shaxs va narsaning belgisini bildirib, qanday? yoki qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
3. Berilgan gapda nechta ot bor? Feruzaning akasi tuvakda gul olib keldi.
A) to‘rtta B) uchta D) ikkita.
4. Otning so‘roqlarini belgilang:
A) kim? nima? B) qanday?
D) nima qildi? E) qanaqa?
F) nechta? G) kimlar? nimalar?
5. Ot turkumiga kiruvchi so‘zlarni belgilang:
A) yaxshi B) uchraydi
D) sohillarida E) to‘qqizta
F) xirmon G) sayyohlar
6. Ko‘plikdagi otlarni belgilang:
A) sochadilar B) hasharchi
D) dehqon E) barglari
F) eshiklar G) ko‘plab
7. Ot yasovchi qo‘shimchalarni toping:
A) -la, -ilia
B) -li, -siz, -dor
D) -chi, -kor, -dosh, -zor, -loq
8. Ot yasovchi qo‘shimchalar qatnashgan so‘zlarni belgilang:
A) bastakorni B) o‘tloqlar
D) miyovladi E) toshli
F) suhbatdosh G) zirillaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |