Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o„tilganlarni takrorlash. Gap


Download 68.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana20.09.2023
Hajmi68.78 Kb.
#1681957
1   2   3   4   5   6   7   8   9
III. Mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. 
9-mashq. Matn kim haqida ekani so‗raladi. Abu Ali ibn Sino haqida qisqacha ma‘lumot 
beriladi. Matnga ―Bilimlar makoni‖, ―Bilim g‗ori‖, ―Bilimga tashna inson‖ kabi sarlavha 
qo‗yiladi. O‗quvchilarga ketma-ketlikda matndagi gaplar o‗qitiladi va gapning chegarasini 
aniqlab tegishli tinish belgini qo‗yib husnixat asosida ko‗chiradilar. 
Matndagi og‗zi so‗zi eshik ma‘nosida qo‗llangani o‗quvchilarga tushuntiriladi. 
1-topshiriq. 
Matndagi gaplarning chegarasini aniqlash uchun matn ostida nuqta, so‗roq, 
undov belgilaridan o‗quvchilar foydalanadilar. Birinchi so‗z bosh harfda 
qolganlari kichik harf bilan berilgan. Tinish belgilari to‗g‗ri qo‗yilsa, qolgan 
gaplarning birinchi so‗zi bosh harfga o‗zgaradi. 
‒ Matndagi og‘zi so‗zi qaysi ma‘noda qo‗llangan? 
‒ So‗zlar qanday ma‘noda qo‗llanar ekan?
kabi savollar beriladi va o‗quvchilar 
javoblari tinglanib hulosa qilinadi. 
10-mashq. Berilgan so‗zlardan uchta gap tuziladi va gapni ajratib ko‗rsatilgan so‗z 
bilan boshlab daftarlariga ko‗chiradilar. Har bir gapning ma‘nosini tushuntiriladi. Tuzilgan 
gaplarning ifoda maqsadiga ko‗ra turi so‗raladi. 
baxt 
keltiradi 
mehnat 


 
 
 
 
 
 
Mehnat baxt keltiradi. 
Aqldan ortiq boylik yo‘q. 
Odob aqlning tashqi suratidir. 
 
2-topshiriq. 
Ushbu topshiriq trenajyor mashq sifatida bajariladi. Berilgan so‗zlardan 5 ta 
gap tuziladi. Gapni ajratib ko‗rsatilgan so‗z bilan boshlaydilar.
Har bir gapning ma‘nosini tushuntirish, ularning ifoda maqsadiga ko‗ra
turini aytish topshirig‗i beriladi. 
O‗quvchilar doskada yozilgan Daraxt shoxiga kichkinagina ... qo‘ndi degan
tugallanmagan gapni o‗qiydilar; tugallangan mazmun bildirish uchun yana bir so‗z, ya‘ni 
gap nima haqda aytilganini bildirgan so‗z yetishmasligini aytadilar. O‗qituvchi yo‗llovchi 
savol beradi: «Gap nima haqida aytilgan? Daraxt shoxiga kichkinagina nima qo‗ndi?» 
O‗quvchilar qushcha so‗zini topadilar va nuqtalar o‗rniga qo‗yib, gapni to‗liq o‗qiydilar: 
Daraxt shoxiga kichkinagina qushcha qo‗ndi. Gap bir so‗zdan yoki bir necha so‗zdan 
tuzilishi haqida ko‗nikma hosil qilinadi.
Diqqat bolalar” ta‟limiy o„yini. Buning uchun o‗quvchular diqqat 
bilan o‗qituvchining topshirig‗ini eshitib darhol javob berishlari kerak 
bo‗ladi. O‗qituvchi bir kichik matnni o‗qiydi o‗quvchilar esa matnda 
nechta gap ishtirok etganini aytishlari kerak. Har bir gapni ohangga rioya qilib
o‗qib beriladi.
Kuz. Paxta dalasi. Paxtalar qiyg‘os ochilgan.
Matnda nechta gap o‗qildi? (Uchta.)
Birinchi, ikkinchi va uchinchi gapni ayting?
Bu gaplarda nechtadan so‗z ishtirok etgan?
O‗quvchilar shu tariqa gap haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar 

Download 68.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling