Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o„tilganlarni takrorlash. Gap
-dars Darsning mavzusi: Gapning maqsadiga ko„ra turlari. (
Download 68.78 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning turi
- II. O„tilgan mavzuni mustahkamlash. Husnixat daqiqasi
3-dars
Darsning mavzusi: Gapning maqsadiga ko„ra turlari. (9-11-mashqlar) Darsning maqsadi: ta‟limiy: matnni gaplarga ajratish ko‗nikmasini shakllantirish. Gapning birinchi so‗zini bosh harf bilan boshlash, gap oxiriga nuqta, so‗roq yoki undov belgisini qo‗yish haqidagi ko‗nikmalarni o‗stirish; FK1: o‗qilgan matn mazmunini va o‗zgalar fikrini anglab, ifodalay olish, og‗zaki nutqda so‗z va gaplar ohangiga rioya qila olish, gapning maqsadga ko‗ra turlarini farqlaydi, gapning ohangiga ko‗ra tinish belgilarini (nuqta, so‗roq, undov belgilari) ishlata olish; tarbiyaviy: o‗quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; TK2: axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‗at) manbalardan ma‘lumotlarni izlab topa olish va foydalanish; TK3: o‗zining xato va kamchiliklarini to‗g‗ri tushunib, o‗zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‗rtoqlariga yordam berish; TK4:o‗zidan kattalarga, o‗rtoqlariga va o‗zidan kichiklarga yordam berish; rivojlantiruvchi: og‗zaki va yozma nutqini rivojlantirish; FK2: talaffuz me‘yorlariga, bo‗g‗in ko‗chirish qoidasiga rioya qila olish, mavzuga oid so‗zlarni og‗zaki va yozma nutqda, o‗zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‗llay olish. Darsning turi: o‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarini rivojlantiruvchi dars. Darsning metodi: suhbat, mustaqil ish metodi, ―Diqqat bolalar” ta‘limiy o‗yini. Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, so‗zlar yozilgan kartochkalar, multimedia ilovalari. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. II. O„tilgan mavzuni mustahkamlash. Husnixat daqiqasi: Ilm istasang, takror qil. Uyga berilgan 8-mashq og‗zaki o‗qitish orqali tekshiriladi. Har bir misradan so‗ng qo‗yilgan tinish belgilar nima uchun qo‗yilgani, topishmoqda nechta gap borligi, nima uchun 5-gap oxiriga so‗roq belgisi qo‗yilgani so‗raladi. ‒ Topishmoqdagi Qunduz, tarvuz, chumchuq so‗zlarinig aytilishi va yozilishiga izoh bering. ‒ Tarvuz so‗zi necha bo‗g‗indan iborat? Nima uchun? ‒ Topishmoqda yana nechta 2 bo‗g‗inli so‗zlar qatnashgan? ‒ Topishmoqdagi qofiyadosh so‗zlarni toping. (Tuki, po‘ki, ko‘ki; Qunduz, tarvuz) Oquvchilar javobidan so‗ng o‗qituvchi hulosa qiladi. O‗quvchilar bilan ―Gap tuz‖ ta‘limiy o‗yin o‗tkaziladi. Buning uchun o‗qituvchi nuqta, so‗roq va undov belgisi yozilgan tarqatmalarni teskari holatda qo‗yadi o‗quvchi esa qaysi tinish belgisini olsa shu belgiga mos gap tuzishi kerak bo‗ladi. Buni bir necha marotaba takrorlab o‗quvchilarning og‗zaki nutqlarini aniqlash va baholash mumkin. Download 68.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling