Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga imlo lug’at va uning
ahamiyati, undan foydalanish ko’nikmasini o’rgatish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga savodxonlik ham inson ning
fazilati ekanligini matnni o’qib, tahlil qilish orqali singdirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va mala kalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Topshiriq. Qo’yilgan muammo: Dialogni o‘qing, fikr bildiring.
Ajratilgan so‘zlarning yozilishiga diqqat qiling. TINGLAB TUSHU-
NISH, O’QIB TUSHUNISH va GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
– Do‘stim, devoriy gazetaga maqola yozayotgan edim. Ba’zi so‘zlarni
yozishga qiynalyapman.
– Qanday aytsang, shunday yozavermaysanmi? Baribir, tahririyatimiz
a’zolari tekshirib, keyin gazetani chiqarishadi-ku!
– Yo‘g‘-e, o‘zimiz ishlatadigan so‘zlarimizni ham bilmas ekanda,
deyishadi. Harakat qilganimni uqtirolmayman, “savodsiz ekan”, degan
fikr qoladi ularda.
– Hadeb so‘rayvermaysan-ku? “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”
kitobing bormi?
– Yo‘q, shu kitobni sotib olishim kerak.
– Uning bir necha xil nashrlari bor. Juda bo‘lmasa, internetdan ham
topsang bo‘ladi.
– Rahmat, do‘stim. To‘g‘ri yozish – savodxonlik, savodxonlik esa
madaniyatlilik belgisi. Endi shu kitobni o‘zimga hamroh qilib olaman.
Munosabat bildiring.
210
1. “Savodxonlik madaniyati” deganda nimani tushunasiz?
2. Qaysi so‘zlarni imlo lug‘atidan qarab yozib, keyin eslab
qolgansiz?
403-mashq.
Qo’yilgan muammo: Quyidagi so‘zlarni bilimi ngizga
va imlo lug‘atiga tayanib, to‘g‘rilab yozing. YOZISH VA GAPIRISH
Do'stlaringiz bilan baham: |