144-mashq. Berilgan she’riy parchani diqqat bilan o‘qing. Gap bo‘laklari qanday joylashganligini aniqlang. Gap bo‘laklari noodatiy tartibining sabablarini tushuntiring.
Farzand ota qullug`in chu odat qilg`ay,
Ul odat ila kasbi saodat qilg`ay.
Har kimki otog`a ko`p rioyat qilg`ay,
O`g`lidin anga bu ish siroat qilg`ay.
(Alisher Navoiy)
Savol va topshiriqlar
1.Odatda, gap bo‘laklari qanday tartibda bo‘ladi?
2.Gap bo‘lagini kesimning oldiga o‘tkazmay ham, ma’nosini ta’kidlash mumkinmi?
3.Ilmiy va rasmiy uslubda gap bo‘laklarining odatdagi tartibiga rioya qilinmasa, nima bo‘ladi?
4.She’riy matnlarda gap bo‘laklarining o‘zgargan tartibi qanday ehtiyojlar asosida sodir bo‘ladi?
Uyga vazifa
132-topshiriq. Sutka qismlarini ifodalovchi so‘zlar ishtirokida “Kun tartibim” mavzusida yozma matn yarating.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
Ona tili» 8-sinflar uchun
8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
69-dars MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :
– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |