«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
Download 1.02 Mb.
|
8-sinf-ona-tili-konspekti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jarayoni
- Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 8-sinf
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: – o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: – milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish. Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut 2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut 3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut 4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut 5.O’quvchilarni baholash 3 minut 6. Uyga vazifa 2 minut Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish; B) O’quvchilar bilan salomlashish. C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish. D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash; E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish; Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin) Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar... Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu 133-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. SO‘Z SEHRI 1.Hukmnoma O‘xshamag‘an yerda bir xotinning arzga kelishi qo‘rboshining ko‘ngliga shubha soldi. Majhula xotinning qanday arzi bo‘lg‘anlig‘ini bilib ketishka tilasa ham, qushbegidan ruxsat olib qo‘yg‘ani uchun mahkamadan chiqishga majbur edi. Qo‘rboshi mahkama eshigidan dahlizga chiqar ekan, eskigina paranjiga o‘ralg‘an bir xotin qushbegi to‘g‘risig‘a to‘xtab, bukilib ta’zim qildi. Xotinda hayajon va entikish holatlari bor edi. Shuning uchun qo‘rboshining boyag‘i shubhasi yana kuchaydi, qushbegining ko‘zidan yo‘qolib turish maqsadida o‘zini eshikning orqasiga olib, ketmay to‘xtadi. Xotin shoshilib kavshini yeshdi-da, eshik ostida nimanidir paranji ichidan oxtarindi. Xotinning bu harakatiga tushunolmay ajablangan qushbegi: − Ichkariga kirib arzingizni so‘zlang, opa, − dedi. Xotin ichkariga kirdi va qushbegi oldig‘a borib, unga nimadir berdi-da, orqasig‘a qaytib, eshik yonig‘a kelib turdi. Xotinning berib ketkan narsasi uch, to‘rt buklangan bir qog‘oz edi. Qushbegi sekin-sekin qog‘oz taxtlarini ocha boshladi... − Xudo rizosi uchun tezroq. Yo‘qsa... ikki gunohsizning qonlarig‘a botarsiz! Xotinning bu so‘zidan a’yon bir-birlariga qarashdilar. Qushbegi tez-tez qog‘oz taxlarini ochib bitirdi va yo‘g‘on qalam bilan yozilgan uzun bir maktubni o‘qumoqqa oldi. Maktubni o‘qub chiqish uzoqqa cho‘zilg‘anliqdan nihoyatda toqatsizlashgan edi. Oxirda qushbegi maktubning so‘ngrog‘ig‘a kelib to‘xtadi-da, chaqirdi: − Pirmat, Pirmat! Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling