Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: TEST BANKI
Foydalaniladigan adabiyotlar: TEST BANKI
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. Darsning rejasi:
a) Test tarqatish
b) Test mavzulari yuzasidan suhbat
c) Test yozdirish
III. TESTLARDAN NAMUNALAR
Aniqlovchi va to`liqsiz gaplar
1. Aniqlovchi quyidagi bo’laklarning qaysi biriga bog’lanadi?
A) ot-kesimga B) to’ldiruvchiga C) holga D) yuqoridagilarning barchasiga
2. Qaysi gapda aniqlovchi holga bog’langan?
A) Ilg’or ishchilarga mukofot topshirildi. B) Salimjon – a’lochi o’quvchi. C) Mehnat faxriylari bilan yangi bog’da uchrashdik.
D) aniqlovchi holga bog’lanmaydi
3. Qaysi gapda qaratqich-aniqlovchi ishtirok etgan?
A) Po’lat sandiq ochildi, ichidan zar sochildi. B) Yaxshi o’g’il otga mindirar, yomon o’g’il otdan indirar.
C) Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati. D) Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi.
4. Qaysi bandda sifatlovchi-aniqlovchili birikma berilgan?
A) maktab hovlisi B) to’garagimizning nomi C) soyning suvi D) mustaqil O’zbekiston
5. Qaysi gapda sifatlovchi-aniqlovchi olmosh bilan ifodalangan?
A) Uning ziyrak, qo’ng’ir ko’zlarida horg’inlik bor edi. B) Tepalikdagi chinor, ikki tup sadaqayrag’och, to’rt-besh kishilik talay supalarga soya solib turardi. C) Qirlardan esayotgan mayin shabada ana shu ajoyib gullarning g’unchalarini yozmoqda.
D) Uzoq-yaqin yerlardan odamlar yig’ila boshladi.
6. Qaysi gapda sifatlovchi-aniqlovchi sifatdosh bilan ifodalangan?
A) Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati. B) Mayin esgan shabada ko’nglimizni chog’ qildi.
C) Zarur ishlarimizni bitirdik. D) Zavodning mashina bo’limidan gurs-gurs zar uzluksiz eshitilib turardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |