«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
Download 1.02 Mb.
|
8-sinf-ona-tili-konspekti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jarayoni
- Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 8-sinf
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: – o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: – milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish. Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut 2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut 3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut 4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut 5.O’quvchilarni baholash 3 minut 6. Uyga vazifa 2 minut Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish; B) O’quvchilar bilan salomlashish. C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish. D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash; E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish; Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin) Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar... Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu 149-topshiriq. Matnni diqqat bilan o`qing. Ulug`bekning shogirdi Sulton Ulug`bekning Ali Qushchi degan shogirdi bor edi. Ulug`bek uni shunchalik yaxshi ko`rib, hurmat qilganki, bunga boshqalar hasad qilisharkan. Ulug`bek buni bilar, ammo o`zini bilmaganlikka solib yurar ekan. Bir kuni Ali Qushchi shahardan tashqarida yashovchi onasinikiga borib, kasalga chalinib qolibdi. Odamlar: “Kimsan dunyoga dong`i ketgan sulton shogirdini boribko`rarmikan yo tuzalib kelishini kutarmikan, balki odam yubortirib bu yerga oldirib kelarmikan?” – deb quloqlarini ding qilib turishibdi. Shogirdining betobligini eshitgan Ulug`bek darhol buyuribdi: − Yo`l libosini keltiringlar, otlar hozirlansin! Alini ko`rib, holidan xabar olib kelamiz. Shunda bosh vazir bilan shayxulislom: − Oliy hazrat, sizday ulug` bir zotning tagi past bir shogird bolani ko`rgani uning kulbasiga borishingiz qanday bo`larkin? Yaxshisi, bu fikringizdan qayting, − deyishibdi. Bu gapni eshitib, Ulug`bekning jahli chiqibdi, lekin o`zini bosib debdi: − Ilm ahlini vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib, holidan xabar olish savobdir. Bu yumush har qanday sulton-u xonlarga ham qarz, ham farz bo`lmog`i darkor. Qani, tez bo`linglar, yo`ldan saroy tabibini ham olib, tolibi ilm − suyukli shogirdimni ko`rib, holidan xabar olib kelamiz, − debdi. Hukm qat’iyligini anglab, hamma yo`lga otlanibdi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling