«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars


Download 1.02 Mb.
bet175/224
Sana18.11.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1784625
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   224
Bog'liq
8-sinf-ona-tili-konspekti

I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu


163-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Ajratilgan gap bo‘laklarining qanday so‘roqqa javob bo‘lishini, o‘zaro qanday bog‘lanayotganini (teng bog‘lanish yoki tobe bog‘lanish), qanday tinish belgilari ishlatilganini aniqlang.

  1. O`zini ilmga bag`ishlaydigan kishi odamlarga mehribon, haqgo`y; fisq-u fujur, gina, xiyonat, makr va hiyladan xoli bo`lishi kerak. (Farobiy) 2. Faylasuflarning odati, axloqi ham o`z kasbiga loyiq, xuddi tug`madek bo`lishi kerak. (Farobiy) 3. So`zlashga berilgan kishi hikmat sharafidan chetlashgan va mahrumdir. (Alisher Navoiy) 4. Olimning yomonligi kemaning sinishiga o`xshaydi. Chunki kema sinsa ham o`zi cho`kadi, ham o`zgalarni cho`ktiradi. (Otalar o`giti) 5. Oqillarga shafqat va mehribonchilik bilan muomalada bo`lib, so`ngra tavoze, odob bilan yordam qilinglar. (A.Donish)

Bilib oling.
Grammatik jihatdan bir xil shakllanib, ko‘pincha, bir xil so‘roqqa javob bo‘ladigan, o‘zaro tеng bog`langan va barchasi gapning bitta bo‘lagiga tobеlanadigan bo‘laklar uyushiq bo‘lak deyiladi. Masalan: Bola goh mеnga, goh unga qarar edi. Gapning barcha bo`lagi uyushadi:
1) uyushiq ega: Bugun Anvar yoki Sobir navbatchilik qiladi;
2) uyushiq kesim: U asta joyiga o`tirib, gapira boshladi. Yo`l kеng va tеkis edi;
3) uyushiq to`ldiruvchi: Kitob va daftarlarni kеltirdi. Akamga va opamga xabar qildik.
4) uyushiq aniqlovchi: Salqin va bahavo bog`da dam oldik. Olma (ning) va shaftolining hosili mo`l bo`ldi;
5) uyushiq hol: Topshiriqni tеz va puxta bajardik. Bugun va ertaga mеn navbatchilik qilaman. Shahar va qishloqda qurilish avjiga chiqqan. Quvonch va shodlikdan tili aylanmas edi. U shaharga o`qish va ishlash maqsadida kеlgan edi. Mеn sizga o`n marta, yuz marta gapirdim.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling