Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
211-topshiriq. Yil davomida o`rgangan atamalaringiz ro`yxatini tuzing. Bu ro`yxatni „Eng nuktadon o`quvchi“ tanlovida o`qib berishga tayyorlaning.
212-topshiriq. Atamalarni guruhlashtiring hamda quyidagi jadvalga joylashtirng. Gap bo`laklari
|
Gap bilan aloqaga kirishmaydigan bo`laklar
|
Sodda gap
|
213-topshiriq. Atamaga mos ta’rifni belgilang.
1) ajratilgan bo’lak;
2) aniqlanmish;
3) atov gap;
4) bitishuv;
5) darak gap;
6) hol;
7) kiritmalar;
8) mantiqiy urg’u;
9) murakkab kesim;
10) ot kesim.
A. Gapning mazmun va ohang jihatdan ajratilgan bo’lagi.
B. Aniqlovchi tobe bo‘lgan hokim bo’lak.
C. Gap bo‘laklari bilan shakliy-grammatik bog‘lanmagan, asosiy fikrga qo‘shimcha fakt bayon qiluvchi, aniqlik kiritish va shu kabi maqsadlarda qo‘llanuvchi so‘z, so‘z birikmasi, gaplar.
D. Voqea-hodisa haqida tasdiq yoki inkor yo‘li bilan xabar beruvchi gap.
E. Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilishi sababi, maqsadi, o‘rni, payti va shu kabi belgilarini bildiradigan ikkinchi darajali bo’lak.
F. Gapdagi biror so‘zning, bo‘lakning ma’nosini ta’kidlab ajratuvchi urg‘u, gap urg’usi.
G. Birdan ortiq so‘z bilan ifodalangan kesim.
H. Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari, shuningdek, harakat nomi va otlashgan sifatdosh shakllari bilan ifodalangan kesim.
Do'stlaringiz bilan baham: |