«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars


Download 1.02 Mb.
bet79/224
Sana18.11.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1784625
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   224
Bog'liq
8-sinf-ona-tili-konspekti

I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
86-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Gap bo‘laklarini aniqlab, tagiga chizing. Ularning qaysi bo‘lakka bog‘lanayotganini ayting.
1. Odamlarga achchiq va dag`al so`zlamagin, dag`allik misli olov, kuydirguvchi yolqindir. 2. Sokin, og`ir, vazmin va muloyim bo`l, faqat yaxshilik qilgin. 3.Tilingdan yolg`on chiqarma, bu yolg`on qadringni tushiradi. 4. Qarindoshlarga, yaqinlarga yaqinlik bog`la, katta va kichikka ochiq chehra bilan kulib boq. 5. Non-tuzingni keng tut, odamlarga yedir. 6. Bilimlining so`zi yerga suv kabi zarurdir, suv oqib tursa, yerda turli ne’matlar unadi. 7. Donolar suvga serob yerga o`xshaydilar, qayeriga oyoq bosilsa, suv chiqadi.



(Yusuf Xos Hojib hikmatlaridan) Bilib oling. Bitta shakllangan kesimga ega bo‘lgan gap sodda gapdir. Sodda gapda to‘liq shakllangan kesim bitta bo‘ladi. Ega va hol to‘g‘ridan to‘g‘ri kesimga bog‘lanadi. Aniqlovchi ot bilan ifodalangan har qanday bo‘lakka bog‘lanaveradi. To‘ldiruvchi esa fe’l bilan ifodalangan bo‘laklarga bog‘lanadi.

87-mashq.“Fazilatlar gutoji” mavzusida 5 gapdan iborat ikkita matn yarating. Birinchi matn faqat ega, kesim va holli gaplardan tashkil topsin. Keyingi matnda bu bo‘laklarni to‘ldiruvchi va aniqlovchilar bilan kengaytiring.
Savol va topshiriqlar.
1. Sodda gap deb nimaga aytiladi?
2. Gap bo`laklarini sanang.
3. Qaysi bo`lak to`g`ridan to`g`ri kesimga bog`lanadi?
4. Aniqlovchi va to`ldiruvchi qaysi bo`laklarga bog`lanadi?



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling