OnA tili abituriyentlar uchun eng qulay qo’llanma. [qilichev jahongir] fonetika


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/43
Sana06.11.2021
Hajmi1 Mb.
#170908
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Bog'liq
ona tili. qo'llanma. FONETIKA(2)

Eslatma!  Oxiri  st  (ost,  ust),  lt  (yilt,  milt),  rt  (to‘rt,  turt,  qurt)  kabi  qator  undoshlilar  sof 

o‘zbekcha so‘zlardir. 



Eslatma!  Oxirida  qator  undosh  kelgan  go‟sht,  musht  (sht),  daraxt,  baxt  (xt),  barg 

(rg)so‟zlari fors-tojik tilidan o‟tgan. 

Eslatma!  Tarkibida  qator  unli  kelgan  so‟zlar  ham  o‟zbekcha  so‟z  hisoblanmaydi.  M: 

muallim, muovin, soat, shior. (ko‟pchiligi arab tilidan o‟tgan). 

Ayrim  so‟zlarda  qatorunlilar  bir  cho‟ziq  unliga  aylanadi.  M:  muallim  (malim),  muovin 

(movin); 

Ba‟zilarida  talaffuzda  bir  undosh  ortadi  M:  shior  (shiyor),  soat-sog‟at(Toshkentda),  soat-

sohat(Farg‟onada). 

QO’SH  UNDOSH  –    Bir  xil  undosh  yonma-yon  kelishidir.  (Katta,alla,  arra,  muammo, 

ssenariy). 



Eslatma!  Ayrim  so‘zlarda  qo‘sh  undoshlardan  biri  tushirilsa,  so‟z  ma‟nosi  o‟zgaradi

Masalan, sodda (soda), modda (moda), silla (sila), medalli (medali), nonning (noning), qattiq 

(qatiq).

  

Eslatma! Ayrimlari talaffuzda qo‘sh undoshdan biri tushirilgan holda aytiladi.  

Masalan, gramm (gram), antenna (antena).  

Kilovatt,  kongress,  metall  kabi  so‘zlarga  har  qanday  qo‘shimcha  qo‘shilganda  qo‘sh 

undoshlardan biri tushiriladi. Masalan, metall+i – metali, metal-ga – metalga. 

 

 

 



 

 

 



 

 



 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling