Eslatma! Fonetika so‗zi yunoncha phone – «tovush» so‗zidan olingan. Fonetikada
tabiatdagi har qanday tovush emas, balki faqat nutq tovushlari o‘rganiladi.
Eslatma! So‗zlovchi va tinglovchi o‗rtasida axborot uzatish va axborotni qabul qilish
faoliyati nutqiy faoliyat sanaladi.
Eslatma! Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo‗lsa, fonemaning real
talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko‗rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi.
TOVUSH VA FONEMA
Tilshunoslik fanida tovush va fonema tushunchalari bir-biridan farqlanadi.
Eslatma! Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog„imiz bilan eshitgan eng kichik va
boshqa mayda bo„lakka bo„linmaydigan nutq parchasi tovush sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |