Ona tili adabiyоt o‘zbek tili


Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi


Download 1.41 Mb.
bet36/133
Sana20.01.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1103706
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   133
Bog'liq
1-жилд Она тили, Адабиёт, Ўзбек, Рус (ўзбек), Рус (рус),Литература, Хорижий тил-ДТС ва дастур

Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi:
B1
mavjud axborot manbalari (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), kompyuter, _ily_lec pochta va boshq.)dan o‘quv maqsadlari doirasida foydalana oladi va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirib, xulosa chiqaradi, ibrat oladi va o‘z faoliyatida qo‘llay oladi.
B1+
media vositalardan adabiy ta’limga oid zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa oladi, saralaydi, qayta ishlaydi, uzatadi, saqlaydi, xavfsizligini ta’minlaydi va foydalanishda media-madaniyatga rioya qila oladi.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi:
B1
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intelektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantira oladi;
badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlab, ularga amal qila oladi.
B1+
o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha oladi, o‘zini nazorat qila biladi, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera biladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi:
B1
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi;
tadbirlarda (turli mavzudagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va h.k.) faol ishtirok etadi, atrofdagi insonlar bilan xushmuomalada bo‘la oladi;
badiiy asarlarda xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan qahramon va personajlar tasviridagi fazilat (halollik, vijdonlilik, jonkuyarlik...) va nuqson (yolg‘onchilik, ikkiyuzlamachilik, loqaydlik, dangasalik, qo‘rqoqlik...)larni munosib baholay oladi hamda o‘z xulosa va munosabatini bildira oladi.
B1+
badiiy asarlarda aks etgan ma’naviy fazilatlar, shuningdek, yuksak badiiyat namunalarini anglaydi, his etadi va boshqalarga yetkazishga intiladi.
Milliy va umummadaniy kompetentsiyalar:
B1
badiiy adabiyotda aks etgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglay oladi, ulardan ta’sirlanadi, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intiladi, yovuzlikdan nafratlana biladi.
B1+
badiiy asar va ulardan olingan parchalarda aks etgan voqea-hodisa va tuyg‘ular mohiyatini to‘g‘ri tushuna oladi, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ash hamda tushuntirib bera oladi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling