Adabiy o‘qish: Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodiy faoliyati. “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi (1 soat)
34-36-mavzu. O‘zbekiston sporti (3 soat (B1+5 soat))
Leksika: o‘zbek sporti, O‘zbekiston sport ustalari, yosh sportchilarning shuhrati, sportda shuhrat qozonganlar, O‘zbekiston bayrog‘i, yuqori ko‘tarmoq kabi so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Dialogik matn. Dialog va poliloglarda undalmalar va to‘liqsiz gaplarning qo‘llanishi (1 soat). .
Ish qog‘ozlari: Ishonchnoma (1 soat).
Adabiy o‘qish: Pirimqul Qodirovning hayoti va ijodiy faoliyati. “Yulduzli tunlar” asaridan parcha (1 soat).
Nazorat ishi: Test (1 soat).
Sinfdan tashqari o‘qish: Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” asari mazmunini so‘zlab berish ( 2 soat (B1+4 soat))
37-39-mavzu. O‘zbek turizmi (3 soat (B1+4 soat))
Leksika: O‘zbekistonning qadimiy shaharlari, turistlar, chet elliklar, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, sayohat, lol qoldirmoq, qiyoslab bo‘lmaydi kabi so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Fikrni turli uslubda ifodalash. So‘zlashuv va kitobiy uslub (2 soat).
Ish qog‘ozi: Reklama (1 soat).
Adabiy o‘qish: Shukrulloning hayoti va ijodiy faoliyati. “Ota vasiyati” ertagi (1 soat).
40-42-mavzu. Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat (3 soat (B1+5 soat))
Leksika: Buyuk ipak yo‘li, Sharq va G‘arbni bog‘lovchi yo‘l, hashamatli ustunlar, muzey-shahar, me’morchilik obidalari, ulug‘vor madrasalar, maqbaralarni ta’mirlash, sayyohlar taassurotlari, barpo etilgan, peshtoqlardagi yozuvlar, karvonsaroy, oq yo‘l, xarita bo‘ylab sayohat, tuyalar karvoni, kumush tanga, mol ayirboshlash kabi so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Badiiy uslub. Ba’diiy uslubda ma’nodosh, shakldosh, uslubiy bo‘yoqdor so‘zlarning qo‘llanishi. (2soat).
Ish qog‘ozlari: Hisobot (1 soat).
Adabiy o‘qish: Mirmuxsinning hayoti va ijodi. Asaridan parcha (1 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |