Grammatika: O‘tilganlarni takrorlash. So‘z birikmasi va gap (2 soat)
Adabiy o‘qish: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, g‘azallari, tuyuqlari. “Hayrat-ul abror” dostonidan parcha.
4-6-mavzu. O‘zbekiston ta’lim tizimi (3 soat (B1+4 soat))
Leksika: ta’lim tizimi va turlari,akademik litsey, kasb-hunar kolleji, universitet, institut, maktabni bitirib, institutga kirmoqchiman. Qaysi mamlakatda ta’limga katta e’tibor qaratilsa, o‘sha yerda rivojlanish bo‘ladi kabi nutqiy qurilmalar.
Grammatika: Gaplarning ifoda maqsadiga va tuzilishiga ko‘ra turlari (2 soat).
Adabiy o‘qish: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, g‘azallari, “Boburnoma” asaridan parcha (1 soat).
Nazorat ishi: Diktant (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
7-9-mavzu. XXI asr – fan texnika asri (3 soat (B1+4 soat))
Leksika: fan, texnika, bilim olmoq, ko‘p o‘qimoq, ilmli, ilmsiz, qomusiy, olimlar, taraqqiyot, rivojlanish, alloma, kashfiyot, bebaho, poydevor va h.k. kabi so‘zlar va so‘z birikmalari.
Grammatika: Terma gaplar va bog‘lanishli nutq. Fikrni bog‘lanishli ifodalash (1 soat).
Ish qog‘ozlari: Ariza (1 soat).
Adabiy o‘qish: Nodiraning hayoti va ijodiy faoliyati, g‘azallari (1 soat).
10-12-mavzu. Kasbim - faxrim (3 soat (B1+5 soat))
Leksika: kasb-hunar, o‘qituvchilik, iqtisodchi, huquqshunos, duradgorlik, ganch ustasi, zargarlik, hamshira, kasb tanlash, ustoz va shogirdlik, ustozga ta’zim. Ilmli inson xor bo‘lmas. Har bir hunarning o‘z siri bor. Rohatga mehnatsiz erishib bo‘lmaydi. kabi so‘zlar va so‘z birikmalari.
Grammatika: Matn va uning qismlari. Matn qismlarini bog‘lovchi vositalar (1 soat).
Ish qog‘ozlari: Tushuntirish xati (1 soat).
Adabiy o‘qish: Muqimiyning hayoti va ijodiy faoliyati. “Sayohatnoma” asaridan parcha (1 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |