Milliy va umummadaniy kompetensiya:
B1
badiiy va san’at asarlarini tushunadi va ta’sirlana oladi;
tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asray oladi, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qila oladi.
B1+
Vatani, oilasi, mahallasining tarixini biladi va bugungi kun bilan taqqoslay oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
B1
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini biladi, unga rioya qila oladi.
B1+
inson hayotiga xavf soladigan favqulodda vaziyatlarda ehtiyotkorlikka amal qila oladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
B1
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza oladi;
fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘ladi.
B1+
kundalik faoliyatda turli formula va diagrammalarni o‘qiy oladi va foydalana oladi.
Mavzularni o‘rganish uchun -50 soat (B1+: 67 soat)
Nazorat ishlari uchun - 8 soat
Xatolar ustida ishlash uchun - 4 soat
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun 6 soat (B1+: 9 soat)
Jami: 68 soat (B1+: 102 soat)
11-SINF (2-kurs)
(haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
B1
mavjud axborot manbalaridan foydalanib ma’lumot almashish;
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (tabrik xati yoza olish, anketalarni to‘ldirish, o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi va boshq.)
B1+
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (tavsifnoma, ishonch qog‘ozi, dalolatnoma, ariza, shaxsiy ma’lumotnoma yoza olish).
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
B1
shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy kamolotga intilish;
o‘zini nazorat qilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |