Ona tili adabiyоt o‘zbek tili


Nazorat ishi: Test (1 soat)


Download 1.41 Mb.
bet53/133
Sana20.01.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1103706
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133
Bog'liq
1-жилд Она тили, Адабиёт, Ўзбек, Рус (ўзбек), Рус (рус),Литература, Хорижий тил-ДТС ва дастур

Nazorat ishi: Test (1 soat).
Sinfdan tashqari o‘qish: Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni mazmunini so‘zlab berish (2 soat (B1+4 soat))


13-15-mavzu. Xalqimizning asl farzandlari (3 soat (B1+4 soat))
Leksika: mehnatsevarlik, kamtarlik, tanilgan, olqishga sazovor bo‘lgan, baxtli, ulug‘lanadi, qadrlanadi kabi so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Matnni kengaytirish va ixchamlashtirish (1 soat).
Ish qog‘ozlari: Tarjimai hol (1 soat).
Adabiy o‘qish: Cho‘lponning hayoti va ijodiy faoliyati, she’rlari (1 soat) .
16-18-mavzu. Xalq amaliy san’ati (3 soat (B1+5 soat))
Leksika: san’at, san’atkor, dutor, rubob, tanbur, qo‘shiq, mayin kuy, shodlik, kattalar,cholg‘u asboblari kabi so‘zlar va so‘z birikmalari.
Grammatika: Matnning turlari. Bayoniy matn, uning xususiyatlari (1 soat).
Ish qog‘ozlari: Bildirgi (1 soat).
Adabiy o‘qish: Said Ahmadning hayoti va ijodiy faoliyati. “Ufq” romanidan parcha (1 soat).
Nazorat ishi: Bayon yozish (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).


19-21-mavzu. Teatr va kino (3 soat (B1+4 soat))
Leksika: O‘zbek teatri, kino san’ati, O‘zbekiston milliy teatri, o‘zbek kinosi ustalari, avvalgi va hozirgi kino va teatrning farqi, san’at ustalari, yosh san’at ustalari kabi so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Matnga reja tuzish (1 soat).
Ish qog‘ozlari: Taklifnoma (1 soat).
Adabiy o‘qish: Saida Zunnunovaning hayoti va ijodiy faoliyati, hikoyalari (1 soat).


Nazorat ishi: Test (1 soat).
Sinfdan tashqari o‘qish: Said Ahmadning “Ufq” romani mazmunini so‘zlab berish (2 soat (B1+4 soat))


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish):
B1
ijtimoiy va kasbga yo‘naltirilgan mavzulardagi ommabop suhbatlarni, bahs-munozaralarni tushuna oladi, erkin suhbatlasha oladi, o‘z rejalarini tushuntira oladi;
bayoniy va tavsifiy matnlar tuza oladi, matnni kengaytirib, qisqartirib so‘zlab bera oladi;
o‘rganilgan nutqiy va kasbiy mavzularda taqdimot qila oladi, o‘qilgan asar, ko‘rilgan film haqidagi taassuroti va unga munosabatini bayon qila oladi;
90 — 100 so‘zdan iborat matn asosida diktant. 100 — 110 so‘zli matn asosida bayon yoza oladi, 2 — 2,5 bet hajmida bog‘lanishli matn tuza oladi.
ayrim ish qog‘ozlarini (ariza, tushuntirish xati, tarjimai hol, bildirgi, taklifnoma, tavsifnoma, tilxat, ishonch qog‘ozi, hisobot) yoza oladi.
B1+
o‘rganilgan va kasbiy mavzularda taqdimot qila oladi, o‘qilgan asar va ko‘rilgan film haqidagi taassuroti va munosabatini bayon qila oladi;
ma’muriy ish qog‘ozlari, mutaxassislikka oid ichki me’yoriy hujjatlar va boshqa yozma topshiriqlarni imlo qoidalari asosida to‘g‘ri yoza oladi;
o‘zbek tilining milliy-madaniy leksikasini, ma’nodosh, shakldosh, uslubiy bo‘yoqdor so‘zlarni, kasb-hunarga oid lug‘at minimumini nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi.

2. Lingvistik kompetensiya  (orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyat):


B1
gaplarni ma’noli bo‘laklarga ajrata oladi va tinish belgilarni to‘g‘ri qo‘llay oladi;
grammatik vositalarning so‘zlarga qo‘shilishi bilan bog‘liq imlo qoidalarini biladi va ularni nutqda qo‘llay oladi;
o‘zbek tilining milliy-madaniy leksikasini, kasb-hunarga oid lug‘at minimumini nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
sodda va qo‘shma gaplarni, qo‘shma gaplarni bog‘lovchi vositalarni nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
o‘zbek tilining so‘zlashuv, badiiy, ommabop, rasmiy nutq uslublarini farqlay oladi;
ma’muriy ish qog‘ozlari, mutaxassislikka oid ichki hujjatlar, hisobotlarni to‘g‘ri yoza oladi.
B1+
o‘rganilgan asarlar, ilmiy-ommabop matnlar va suhbatlar mazmunini tushuna oladi;
sodda va qo‘shma gaplar, ularni bog‘lovchi vositalarni farqlay oladi;
o‘rganilgan nutqiy va ilmiy-ommabop, shuningdek, tanlagan sohasiga oid mavzularda ma’ruzalar, taqdimotlar qila oladi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling