Grammatika: Tire, qo‘shtirnoq, qavsning ishlatilishi (1soat)
Adabiy o‘qish: Muhammad Yusufning hayoti va ijodiy faoliyati. “O‘zingdan qo‘ymasin xalqim” she’ri (1 soat).
Nazorat ishi: Test (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qish. Saida Zunnunova she’rlaridan (1 soat (B1+ 2 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish):
B1
audio-video vositalar orqali eshittirilgan xabarlar, ommabop va kundalik hayot mavzusidagi yangiliklarni tushunadi va munosabat bildira oladi;
o‘rganilgan mavzularda o‘zaro suhbatlashadi va bahslarda ishtirok eta oladi;
suhbat jarayonida murojaat etish shakllarini, muomala odobi (etiket) elementlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi va fikrga munosabat bildira oladi;
ommabop materiallarni (gazeta, jurnal, internet materiallari) o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlay oladi;
o‘rganilgan matnlar asosida 1300 ta so‘zni nutqida qo‘llay oladi;
80-90 so‘zdan iborat matn asosida diktant; 90-100 so‘zli matn asosida bayon yoza oladi; 15-20 gap hajmida matn tuza oladi;
B1+
ko‘rgan yoki eshitgan voqea-hodisa, hikoya, roman, asardan parcha mazmunini gapirib bera oladi, unga munosabat bildira oladi.
O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
B1
axborot manbalaridan foydalanib (internet, kompyuter) ma’lumot almashish, foydalanishda media-madaniyatga rioya qila oladi.
B1+
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay oladi.
O‘zini-o‘zirivojlantirish kompetensiyasi:
B1
bilimini mustaqil oshirib boradi, o‘zining qobiliyatini namoyon qila oladi;
sport bilan muntazam shug‘ullana oladi.
B1+
o‘z xatti-harakatini nazorat qila oladi, do‘stona tanqiddan xulosa chiqara oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |