Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet13/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

13. Taraladi kuy: mayin va g’amgin. Ushbu gapda nima sababdan ikki nuqta ishlatilgan?
A) umumlashtiruvchi bo’lak qo’llangani uchun
B) ajratilgan bo’lak qo’llangani uchun
C) bog’lovchisiz qo’shma gap bo’lgani uchun D) kirish birikma qo’llangani uchun
14. Said Jalolxon tovush chiqarmay uning yoniga o’tirdi // u ko’rmadi. Ushbu bog’lovchisiz qo’shma gaplar orasiga qanday tinish belgisi qo’yiladi va o’zaro qanday mazmun anglashilyapti?
A) vergul, ketma – ketlik B) tire, o’xshashlik
C) tire, natija D) ikki nuqta, izoh
15. SHu fe’llari yaxshi // hech kimni birovning oldida behurmat qilmaydilar. // belgisi o’rniga qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) tire B) ikki nuqta
C) vergul D) nuqtali vergul
16. Qorbobojon qorbobo tinglang bir so’z bor bobo. Ushbu undalmali gapda nechta vergul ishlatiladi?
A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta
17. Ko’chirma gapda tinish belgisi to’g’ri qo’llangan qatorni toping.
A) Donolar deydi: -- “Aql boylik bilan o’lchanmas”.
B) Donolar deydi “Aql boylik bilan o’lchanmas.”
C) Donolar deydi, “Aql boylik bilan o’lchanmas”.
D) Donolar deydi: “Aql boylik bilan o’lchanmas”.
18. Yaxshi xulqlar // diyonat, qanoat, shijoat, vijdon, Vatanni suymak va boshqalar insonni ulug’laydi. // belgisi o’rniga qaysi tinish belgisini qo’ysa maqsadga muvofiq bo’ladi?
A) ikki nuqta B) tire
C) ko’p nuqta D) vergul
19. Bizning g’olib chiqishimiz shubhasiz. Ushbu gapda shubhasiz so’zidan oldin qaysi tinish belgisi ishlatilishi mumkin?
A) tire B) vergul C) ikki nuqta D) hech qanday belgi ishlatilmaydi
38. “CHinor” ya’ni Asqad Muxtorning ajoyib romani meni juda qiziqtirdi. Ushbu gapda qaysi o’rinlarda vergul ishlatilishi lozim?
A) ya’ni so’zidan keyin B) ya’ni so’zidan oldin
C) ya’ni so’zidan oldin va romani so’zidan keyin
D) ya’ni so’zidan keyin va romani so’zidan keyin
39. Hoy // bahodirlar // Mana // mard-u maydonning kattasi chiqdi. // belgilari o’rniga qanday tinish belgilari qo’yiladi?
A) vergul, vergul, vergul
B) vergul, vergul, undov belgisi
C) undov belgisi, vergul, vergul
D) vergul, undov belgisi, vergul
40. Qalay Hamidboy ishlar o’ngidanmi? Ushbu gapda vergul qaysi o’rinlarda ishlatiladi?
A) qalay so’zidan keyin B) Hamidboy so’zidan keyin
C) Hamidboy so’zining har ikki tomoniga
D) ishlar so’zining har ikki tomoniga
41. Ular bir-birlariga mamnun qarab qo’yishdi. Biroq O’ktam natijani bundan ham ortiq chamalaganini aytdi. Ushbu zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarda nima sababdan biroq so’zidan oldin vergul emas, nuqta qo’yilgan?
A) bir paytda sodir bo’lgan voqea-hodisalar bo’lgani uchun
B) ketma-ket sodir bo’lgan voqea-hodisalar bo’lgani uchun
C) mazmunan ancha mustaqil gaplar bo’lgani uchun
D) nuqta emas, vergul qo’yilishi lozim edi.
42. “Bugun ko’chat ekishni tamomladik. – dedi qiz. – Halim bobo bo’lsalar dam olgani ketdilar”.
Ushbu ko’chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qaysi fikr to’g’ri.
A) tamomladik so’zidan so’ng vergul bo’lishi lozim.
B) dedi qiz dan so’ng vergul bo’lishi lozim
C) A va B
D) tinish belgilari to’g’ri qo’llangan.
43. Qaysi ko’chirma gapda zarur tinish belgisi qo’llanmagan?
A) “Inson har doim quvnoq, xushchaqchaq bo’lishi va baxtiyor yashamog’i lozim”,
–degan edi Forobiy
B) Abu Rayhon Beruniy shunday deydi: “Erta-yu kech dushmanga zarar-u do’stga foyda keltirgan odam mardlarning mardidir”.
C) Mahmud Qoshg’ariy: “Botir jangda, dono majlisda sinaladi”, -- deb aytgandi. D) “Aqlli kishi sabr etar har nafas”—deydi Sa’diy SHeroziy.
44. Bolalar siz ehtimol CHolbolani ko’rmagandirsiz? Ushbu gapda qanday tinish belgilari ishlatilishi lozim?
A) bolalar so’zidan keyin vergul
B) ehtimol so’zidan so’ng vergul
C) bolalar va ehtimol so’zlaridan so’ng vergul
D) bolalar so’zidan so’ng vergul, ehtimol so’zidan so’ng tire
45. Ko’chirma gapda asosan qanday tinish belgilari ishlatiladi? 1. nuqta 2. vergul 3. nuqtali vergul 4. ikki nuqta 5. tire 6. qavs
7. qo’shtirnoq
A) 2, 4, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4.5, 7
C) 1, 2, 4.5, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
46. Otam “Mirzo” va “G’ulom” taxalluslari bilan talay she’rlar yozgan? (G’.G’.) Ushbu gapdagi tinish belgilarining qo’llanishi haqida bildirilgan qaysi fikr to’g’ri?
A) tinish belgilari to’g’ri qo’llangan
B) “Mirzo” , “G’ulom” so’zlari qo’shtirnoqqa olinmasligi kerak edi.
C) Olingan manba (G’.G’.)dagi qavsdan so’ng nuqta bo’lishi lozim edi.
D) Qo’shtirnoq “Mirzo va G’ulom” ko’rinishida qo’llanishi lozim edi.
47. Viktor//Lizaning ukasi // ishchi-yoshlar maktabida, kichkina Liza bilan Karomat // bunisi Salomat xolaning qizi // ikkinchi smenada o’qishadi. // belgilari o’rniga qanday tinish belgilari qo’yish lozim?
A) faqat vergul B) faqat tire C) faqat qavs
D) birinchi va ikkinchi // belgilari o’rniga vergul, ikkinchi va uchinchi // belgilari o’rniga qavs
48. Yaxshi ro’zg’or // jannat, yomon ro’zg’or // do’zax. // belgilari o’rniga qanday tinish belgilari qo’yiladi?
A)vergul B) tire C) ikki nuqta
D) hech qanday tinish belgi qo’yilmaydi
49. Muhtaram otalar // opalar// kelinlar // o’g’illar // opa-singillar// sizga shu haqda murojaat qilamiz // belgilari o’rniga qanday tinish belgilari qo’yiladi?
A) undov vergul, vergul, vergul, vergul
B) undov vergul, vergul, vergul, tire
C) barcha o’rinlarga vergul
D) vergul, vergul, vergul, vergul, undov
50. Ergashgan qo’shma gapdagi ergashgan gapning kesimi chiqish kelishigini olgan sifatdosh bilan ifodalansa qanday tinish belgisi qaysi o’ringa qo’yiladi?
A) Kelishik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan keyin ikki nuqta qo’yiladi
B) Kelishik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan keyin nuqtali vergul qo’yiladi.
C) Kelishik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan keyin tire qo’yiladi.
D) Kelishik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan keyin vergul qo’yiladi.
51. Qaysi qatordagi birikmadagi qo’shtirnoq ishlatiladi
A) Pomir tog’lari B) G’uzor tumani
C) Xotira kuni D) Ozodlik haykali
52. Qaysi qatordagi birikmalarda qo’shtirnoq noto’g’ri ishlatilgan?
A) “Matbaa a’lochisi” nishoni
B) “Sog’liqni saqlash vazirligi” xodimlari
C) “O’zbekiston qahramoni” unvoni
D) “Dilorom” operasi
53. “CHet tilini bilish kerak. –dedi muallima. –Menimcha, chet tilini bilish fanni chuqur o’rganishda va mustaqil muloqotda juda zarur”.
Ushbu ko’chirma gapdagi tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
A) CHet tilini bilish kerak gapidan so’ng vergul qo’yilishi lozim edi.
B) dedi muallima gapidan so’ng vergul qo’yilishi lozim.
C) A, B D) tinish belgilari to’g’ri qo’llangan.
54. Biriktiruv bog’lovchisi vazifasida -u (-yu), -da yuklamalari kelsa, undan so’ng qanday tinish belgilari qo’yiladi?
A) vergul qo’yiladi
B) hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi
C) -u (-yu) yuklamasidan so’ng vergul, -u (-yu) yuklamasidan so’ng hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi
D) -da yuklamasidan so’ng hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi.

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling