Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Morfemika. Asos va qo’shimchalar. So’z yasalishi


Download 227.6 Kb.
bet14/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

Morfemika. Asos va qo’shimchalar. So’z yasalishi.
1.So’zning ma’noli qismlari deyilganda nima tushuniladi?
A) so’zning asosi
B) so’zning barcha qo’shimchalari
C) asos va qo’shimchalar
D) lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar
2. Qaysi qatorda asos atamasiga to’g’ri ta’rif berilgan?
A) qo’shimcha ma’no hosil qiluvchi qism
B) so’zning asosiy ma’nosini ifodalovchi, mustaqil qo’llanish imkoniyatiga ega bo’lgan qism
C) bir so’zni boshqa so’zga bog’lash vazifasini bajaruvchi qo’shimcha
D) so’zning barcha ma’noli qismlari
3.Morfemaning ta’rifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) so’zning asosiy lug’aviy ma’nosini ifodalovchi qism
B) so’zning ma’noli qismlari yig’indisi
C) so’zning mustaqil qo’llanish imkoniyatiga ega bo’lgan qismi
D) bir so’zni boshqa so’zga bog’lash vazifasini bajaruvchi qo’shimcha
4.Sintaktik shakl (munosabat shakl) yasovchilarga qaysilar kiradi?
A) yangi so’z yasovchi qo’shimchalar
B) ko’plik va egalik qo’shimchalari
C) nisbat va zamon qo’shimchalari
D) egalik, kelishik, shaxs-son qo’shimchalari
5.Tepaliklarimizni so’zi ma’noli qismlarga to’g’ri ajratilgan qatorni aniqlang.
A) tepalik-lar-imiz-ni
B) tepa-lik-lar-imiz-ni
C) tepa-lik-lari-miz-ni
D) tep-a-lik-lar-imiz-ni
6. Tub so’zlar deb nimaga aytiladi?
A) Asosga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi orqali hosil qilingan so’zlar
B) Tarkibi asos va yasovchi qo’shimchalarga bo’linmaydigan so’zlar
C) So’zning shakl yasovchi qo’shimchalarsiz qismi
D) Ikki mustaqil asosdan tashkil topgan bitta so’z.
7. Qaysi qatorda sodda yasama so’zlar mavjud?
A) qo’lqop B) gullarimizni
C) ilmdor D) teryapmiz
8. Qaysi gapda sodda yasama so’zlar mavjud?
A) Vatanni sevmoq iymondandir.
B) Mashina yigitcha turgan yerga kelib to’xtadi.
C) Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o’ynamoqda.
D) Dunyoning ishlariga hayron qolmay ilojing yo’q.
9. Qaysi so’z tarkibida ikkita so’z yasovchi qo’shimcha mavjud?
A) tayyorgarlik B) gulchilik
C) musobaqalashdi D) gulladi
10. Asosning oldidan qo’shilib, yangi so’z yasaydigan qo’shimchalar qanday qo’shimchalar hisoblanadi?
A) ot yasovchi B) fe’l yasovchi
C) ravish yasovchi D) sifat yasovchi
11. Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalarni toping.
A) –k, -ag’on, -ona B) -xo’r, -lik, -soz
C) –roq, -imtir, -ta D) –miz, -im, -man
12. SHakl yasovchi qo’shimchalar qanday turlarga bo’linadi?
A) ot yasovchi va sifat yasovchi qo’shimchalar
B) sintaktik shakl yasovchi va lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar
C) so’z yasovchi va munosabat shakllari yasovchi qo’shimchalar
D) to’g’ri javob berilmagan.
13. Qaysi qatordagi so’zda –chilik qo’shimchasi ikkiga ajralmaydi?
A) suvchilik B) ozchilik
C) to’quvchilik D) gulchilik
14. Egalik qo’shimchalari mavjud bo’lgan so’zlarni aniqlang.
A) halim, terim, bo’lim
B) bosim, bilim, to’zim
C) tuzim, unim, qonim D) so’lim, qo’nim, korim
15. Asosdosh so’zlarni toping.
A) uyimiz, uyining, uyga
B) toshloq, toshbaqa, toshni
C) suvarak, suvamoq, suvsa
D) beoqibat, oqibatli, oqibatsiz
16. Yasama so’zning tub so’z bilan o’zaro sinonim hosil qilgan qatorini toping.
A) oziq-ovqat, baxt-saodat
B) ishchan-dangasa, mamnun-xurram
C) farmon-buyruq, sevgi-muhabbat
D) odobli-boodob, ilmli-bilimdon
17. Ismlarning munosabat shakllariga qaysilar kiradi? 1. egalik shakllari 2. kelishik shakllari 3. ko’plik qo’shimchasi
4. –man, -san, -dir qo’shimchalari
5. so’z yasovchi qo’shimchalar
A) 1, 5 B) 1, 2, 4
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling