Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
15. SHu fe’llari yaxshi // hech kimni birovning oldida behurmat qilmaydilar. // belgisi o’rniga qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) tire B) ikki nuqta C) vergul D) nuqtali vergul 16. Qorbobojon qorbobo tinglang bir so’z bor bobo. Ushbu undalmali gapda nechta vergul ishlatiladi? A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta 17. Ko’chirma gapda tinish belgisi to’g’ri qo’llangan qatorni toping. A) Donolar deydi: -- “Aql boylik bilan o’lchanmas”. B) Donolar deydi “Aql boylik bilan o’lchanmas.” C) Donolar deydi, “Aql boylik bilan o’lchanmas”. D) Donolar deydi: “Aql boylik bilan o’lchanmas”. 18. Yaxshi xulqlar // diyonat, qanoat, shijoat, vijdon, Vatanni suymak va boshqalar insonni ulug’laydi. // belgisi o’rniga qaysi tinish belgisini qo’ysa maqsadga muvofiq bo’ladi? A) ikki nuqta B) tire C) ko’p nuqta D) vergul 19. Bizning g’olib chiqishimiz shubhasiz. Ushbu gapda shubhasiz so’zidan oldin qaysi tinish belgisi ishlatilishi mumkin? A) tire B) vergul C) ikki nuqta D) hech qanday belgi ishlatilmaydi 20. Bizni homiylardan himoya qilg’il, degan sharq xalqida piching – duo bor. Ushbu gapda qaysi so’z kinoya tarzida qo’shtirnoqqa olinishi lozim? A) bizni B) homiy C) himoya D) piching 21. Qani bu yerda insof, qani bu yerda adolat degan narsa!? Ushbu gapda nima uchun !? belgisi qo’llanmoqda? A) so’roq mazmuniga qaraganda his-hayajon kuchli gap bo’lgani uchun B) his-hayajonga nisbatan so’roq mazmuni kuchli gap bo’lgani uchun C) mazmunan tugallanmagan his-hayajon gap bo’lgani uchun D) A, C 22. Men unga tikilib o’tiraman-da, rohat qilaman – faqat shu. Ushbu qo’shma gapda nima sababdan tire qo’llanyapti? A) zid ma’noli gaplar bo’lgani uchun B) kirish gap mavjud bo’lgani uchun C) kutilmagan voqea-hodisa ifodalangan gap mavjud bo’lgani uchun D) bir-biriga o’xshatilgan gaplar bo’lgani uchun 23. Erining “ kirdikoridan ” xabardor bo’lganday o’smoqchiladi SHakarxon. Ushbu gapda qo’shtirnoqning qo’llanishi haqidagi qaysi fikr to’g’ri? A) bu gapda umuman qo’shtirnoq qo’yilishiga hojat yo’q. B) kirdikoridan so’zi to’g’ri qo’shtirnoqqa olingan. C) kirdikori so’zi qo’shtirnoqqa olinishi lozim. D) kirdikoridan xabardor birikmasi qo’shtirnoqqa olinishi lozim. 24. “To’rtinchi!”, “To’rtinchi!”, “Yigirma”ga quloq sol! Ushbu gapdagi tartib sonlar nima sababdan qo’shtirnoqqa olinyapti? A) kinoya ma’nosida qo’llangani uchun B) shartli nom bo’lgani uchun C) taxallus bo’lgani uchun D) qo’shtirnoq noto’g’ri qo’llangan. 25. Qaysi gapda qo’shtirnoq noto’g’ri qo’llangan? A) “Bo’ston” futbol jamoasi o’yinni boy berdi B) “Nafosat” do’konidan atir va sovun sotib oldim. C) “Matiz” avtomashinasi har tomonlama qulay va bejirim ekan. D) “Beruniy” nomidagi hissadorlik jamiyatida ishlayman. 26. Qaysi qatordagi gapda tire ishlatilishi lozim? A) Baxting o’z qo’lingda. C) Do’st bilan obod uying. B) Milliy an’analarimiz ko’p. D) Ota oila ustuni. 27.Qaysi qatordagi birlikda tire noto’g’ri qo’llangan? A) O’zbekiston – yangicha taraqqiyot yo’lida. B) Men – yashayotgan qishloq. C) Ona – ulug’ zot. D) Maktabim – sevimli maskanim. 28. Gulzorning narigi tomonidan daroyi, husayni, yakdona, charos, kishmish turli uzum ishkomlari bor edi. Ushbu gapdagi umumlashtiruvchi so’zdan oldin qaysi tinish belgisi ishlatiladi? A) vergu B) ikki nuqta C) tire D) nuqtali vergul 11. Qaysi qatordagi qo’shma gap qismlari orasida tire ishlatiladi? A) Kelgusi taraqqiyot zamini shu//hamma kompьyuterni ishlata bilishi va undan foydalana olishi shart. B) Ko’ziga nima ko’rinsa // shu uni qiziqtira boshladi. C) Hali kamchiliklarimiz ko’p // bundan ko’z yumib bo’lmaydi. D) Asadbek yaxshi bilardi // Jamshidday yigitni u endi topa olmaydi. 12. O’ –o’ // boylik // boylik // mening uyimga sen kiradigan bo’lsang-u // iymon ketadigan bo’lsa // men senga o’t qo’yaman // o’t! //belgilari o’rniga qaysi tinish belgilari qo’yiladi? A) vergul, undov, vergul, vergul, vergul, vergul B) birinchi // o’rniga hech narsa, qolganlari o’rniga vergul C) undov, vergul, undov, vergul, vergul, vergul D) vergul, vergul, undov, vergul, vergul, vergul Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling