Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
1. Qaysi so’z turkumining aniq lug’aviy ma’nosi yo’q?
A) sifat B) ot C) olmosh D) fe’l 2.Ot, sifat, son va boshqa so’zlar o’rnida qo’llanib, ularga ishora qiluvchi so’zlar... A) ravish B) olmosh C) fe’l D) taqlid so’z 3.Kitobni ko’p o’qisangiz , undan ko’p hikmat topasiz. Ushbu gapdagi undan olmoshi qaysi so’z o’rnida qo’llanyapti? A) kitobni B) ko’p C) o’qisangiz D) hech qaysi so’z o’rnida qo’llangani yo’q 4. Istagim shuki, doimo tinchlik bo’lsin. Ushbu gapdagi shuki olmoshi qaysi birlik o’rnida qo’llanyapti? A) istagim B) tinchlik C) doimo D) doimo tinchlik bo’lsin 5.Ko’rsatish olmoshi ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Buncha kitobni qachon o’qishga ulgurdingiz? B) Siz bizdan yordam olgani emas, bizga rahbarlik qilgani kelgansiz. C) Mana buni esa men sizga o’qigani berib turaman. D) Har kuning qadr bo’libon, har kuning bo’lsin navro’z. 6.SHaxs ma’nosini, ba’zan predmetni ta’kidlashga xizmat qiluvchi olmosh....... A) kishilik olmoshi B) belgilash olmoshi C) o’zlik olmoshi D) gumon olmoshi 7.Qaysi belgilash olmoshida ko’tarinkilik bo’yog’i mavjud ? A) har kim B) bari C) hamma D) barcha 8.Qaysi olmosh egalik qo’shimchalarini olib, har uchala shaxs kishilik olmoshini ko’rsata oladi? A) barcha B) har bir C) o’z D) kim? 9.Belgilash olmoshlari berilgan qatorni toping. A) har kim, har qachon, har qaysi B) nechta, nechanchi, qancha? C) bu, shu, o’sha, anovi D) butun, bari, har bir 10.Ot-olmoshlar berilgan qatorni toping. A) men, sen, u B) biz, siz, ular C) kamina, faqir, banda D) ishchi, o’qituvchi, shifokor 11. Men olmoshi o’rnida kamina, faqir so’zi qo’llanganda kesim qanday shaklda bo’ladi? A) І shaxs birlik shaklida B) ІІ shaxs ko’plik shaklida C) ІІІ shaxs birlik shaklida D) ІІІ shaxs ko’plik shaklida 12.Qaysi gapda bo’lishsizlik olmoshi mavjud? A) Bu cholni butun yurt izzat qiladi. B) Siz bolalik qilib, bunaqa xomxayollarga borib yurmang . C) Har narsaga jahl qilavermaslik lozim . D) Hech kimni shafe keltirmay tura turing, hali 13.Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan? A) Bunda har bir nuqta ko’z kabi jonli . B) Har qaysimiz o’zimiz sevgan kasb to’g’risida insho yozdik . C) U har gal marraga birinchi bo’lib kelardi . D) Butun bir inshoni Madhiyamizga bag’ishladik. 14.So’roq olmoshlari bilan qo’shilib keladigan - alla va - dir qo’shimchalari olmoshlarga qanday ma’no kiritadi? A) ta’kid B) noaniqlik C) so’roq D) jamlik 15.O’zlik olmoshi asosan qaysi olmosh o’rnida qo’llanadi? A) kishilik olmoshi B) belgilash olmoshi C) bo’lishsizlik olmoshi D) o’zlik olmoshi hech qanday olmosh o’rnida qo’llanmaydi 16.To’pdan ajratilgan shaxs, narsa belgilarni bildiradigan olmosh ...... A) o’zlik olmoshi B) gumon olmoshi C) belgilash olmoshi D)bo’lishsizlik olmoshi 17.Tashqarida sizni bir kishi chaqiryapti. Ushbu gapdagi bir so’zi qaysi turkum o’rnida qo’llanyapti? A) sanoq son B) yuklama C) holat ravishi D) gumon olmoshi 18.Qaysi o’rinda sabab-maqsad va belgi-xususiyat so’roqlari berilgan? 1.kim? 2.nima? 3.qanday 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 1.kim?, 7.qachon B) 3.qanday?, 6.qayer? C) 5.nega?, 3.qanday? D) 2.nima?, 7.qachon? 19.Predmetni ko’rsatuvchi o’zlik olmoshi qatnashgan gapni toping . A) Ikromjon xotinini qoldirib, o’zi idora tarafga qarab ketdi . B) Rostini aytsam, o’zim ham unchalik yomon bola emasman . C) O’zining ovozi o’ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi . D) Biz o’z tuprog’imizni ko’z qorachig’iday asraymiz . Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling