Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
20. Oldingi gap, gapdagi biron bir so’z, so’z birikmasi o’rnida qo’llanib, unga ishora qiluvchi yoki biron so’zni aniqlab keluvchi olmoshlar .......... deyiladi
A) belgilash olmoshlari B) o’zlik olmoshi C) ko’rsatish olmoshlari D) kishilik olmoshlari 21.Men, sen, u, bu, shu omoshlariga tartib bilan qaysi qo’shimchalar qo’shilganda asos bilan qo’shimcha o’rtasida o’zgarish bo’ladi.?1.-ga, -ning, -day, -ni, -ga 2.-ning, -dan, -cha, -ga, -dan 3.-ni, -ning, -ga, -day, -aqa A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3 D) barchasida o’zgarish bo’ladi. 22.Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar ... A) o’zlik olmoshi B) kishilik olmoshlari C) belgilash olmoshlari D) ko’rsatish olmoshlari 23.O’zlari olmoshi qanday ma’nolarda kelishi mumkin? A) ko’plik B) hurmat C) kesatish D) A, B, C 24.O’quvchilar nima qilyapti? (O’quvchilar dars tayyorlayapti.) Birinchi gapdagi so’roq olmoshi qaysi guruhga mansub? 1. shaxsga so’roq 2.narsa-hodisaga so’roq 3.belgiga so’roq 4.miqdorga so’roq 5.harakat-holatga so’roq 6.o’ringa so’roq 7.paytga so’roq 8.sabob va maqsadga so’roq A) 1, 2, 3 B) 5 C) 8 D) 6 25.Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan. Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) hurmat B) ko’plik C) kesatish D) belgilash 26.Bulbulga don berish nozik ish, deb o’zlaridan boshqa kishiga ishonmaydilar. Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) hurmat B) sof ko’plik C) kesatish D) ta’kidlash 27. ІІ shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A)” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. B) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. C) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? D) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan ?! 28.” Undoq qiling , bundoq qiling deguncha qilib ko’rsating ”, -dedi opasi. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi qo’llangan? A) kishilik olmoshi B) belgilash olmoshi C) ko’rsatish olmoshi D) olmosh qo’llanmagan 29.Hech bir qog’ozga qaramay 40 daqiqa ma’ruza qildi. Muncha gapni qayerdan oladi? Ushbu gapdagi muncha olmoshi nimaga ishora qilyapti? A) belgiga B) xususiyatga C) miqdorga D) narsa - jismga 30.Juft olmoshlar qatnashgan gaplarni aniqlang .1.Qancha-qancha donolar bu masala ustida bosh qotirmadi . 2.Biz-u siz bu masalani yecha olmaymiz . 3.Usta u deb ko’rdi, bu deb ko’rdi–bo’lmadi . 4. Mashina yuborsam, u-bularni berib yuborarsiz . A) 3, 4 B) 1, 2 , 3, 4 C) 2 D) 2, 4 31.Men undan so’radim, ammo u hech indamadi.Hech olmoshi gapda qanday vazifani bajarib kelmoqda? A) aniqlovchi B) hol C) hech indamadi birikmasi murakkab kesim bo’lib kelyapti D) to’g’ri javob berilmagan 32.Boshqa so’zlar, shuningdek, so’z birikmasi va gap o’rnida almashinib qo’llanuvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so’roq bildiruvchi so’zlar ..... A) ot B) sifat C) olmosh D) bunday so’zlar yo’q 33.To’pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildiradigan olmoshlarni ko’rsating. A) hamma, butun B) barcha, bari C) har kim, har bir D) yalpi, jami 34.SHaxs, narsa, belgi, harakatlarni jamlab ifodalaydigan olmoshlarni toping. A) har qaysi, har bir B) har kim, har nima C) barcha, hamma D) hech narsa, hech qancha 35.Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan? 1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 1, 6 B) 2, 6 C) 3, 7 D) 2, 5 36.Qaysi olmoshlar takror holda qo’llanadi? A) o’zlik, ko’rsatish B) so’roq, ko’rsatish C) gumon, bo’lishsizlik D) A, B 37.Sodda yasama olmoshlar berilgan qatorni toping . A) hamma, barcha B) hech bir, har kim C) kimdir, allaqanday D) O’zbek tilida sodda yasama olmoshlar mavjud emas. 38.Qaysi qatordagi gapda olmoshdan yasalgan so’z ishtirok etgan? A) O’zingdan kichiklarga doim yordam bergin. B) SHunaqasi bo’lib turar ekan-da . C) Buncha o’zboshimcha bo’lib ketibdi, bu qaysar. D) Unda-bunda osma chiroqlar porlaydi . 39.Qanday olmoshlar ajratib yoziladi? A) tub olmoshlar B) yasama sodda olmoshlarC) qo’shma olmoshlar D) B, C 40.Qanday olmoshlar juft olmoshlar sanaladi? A) bir-biriga mazmunan yaqin bo’lgan olmoshlar B) bir-biriga mazmunan zid bo’lgan olmoshlar C) bir olmoshning aynan yoki ayrim tovush o’zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo’lgan olmoshlar D) A, B 41.Takroriy olmosh berilgan qatorni toping . A) sen-men B) uncha-muncha C) manmanlik D) takroriy olmosh berilmagan 42.Olmosh haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) Olmoshlar boshqa so’zlarning yasalishiga asos bo’lishi mumkin. B) Bo’lishsizlik olmoshi ishtirok etgan gapning kesimi inkor shaklida bo’ladi. C) Olmoshlar aniq atash ma’nosiga ega bo’ladi D) Olmoshning qaysi ma’noda kelayotganligi matnda qaysi so’z yoki gap o’rnida almashinib kelishiga qarab belgilanadi 43.Oldingi gap, gapdagi biron-bir so’z, so’z birikmasi o’rnida qo’llanib, unga ishora qiluvchi yoki biror so’zni aniqlab keluvchi olmoshlar... A) o’zlik olmoshi B) kishilik olmoshlari C) belgilash olmoshlari D) ko’rsatish olmoshlari 44.Ko’rsatish olmoshi qatnashgan gapni aniqlang . A) Anavini qara-ya, o’zimizning to’pori Zebimi shu ? B) Belgilangan ishlarning hammasini biz bajardik . C) Rostini aytsam, o’zim ham unchalik yomon bola emasman . D) Hammasi joyida, do’stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman . 45.Sodda yasama olmosh qatnashgan gapni aniqlang . A) Baxtni har kim o’zicha tushunadi . B) Bu kabi nusxalarning bor-yo’qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar yo’q . C) SHu-shu biz u bilan qadrdon bo’lib qoldik . D) Ko’cha darvozani allakim taqillatganday bo’ldi . 46.Faqir sizning xizmatingizga har mahal bel bog’lagan, manmanlik bizlarga yot narsadir . Olmosh o’rnida qo’llangan so’zni toping . A) manmanlik B) faqir C) har mahal D) narsadir 47.Quyidagilarning qaysi biri bo’lishsizlik olmoshi emas? A) hech nima B) hech qachon C) hech bir D) barchasi bo’lishsizlik olmoshi Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling