Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet38/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

48.Ko’plik qo’shimchasi qaysi sonlarga qo’shilib kelmaydi? 1.jamlovchi songa 2.dona songa 3.taqsim songa 4.chama songa 5.kasr songa. 6.sanoq songa
A) 3, 4 B) 1, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 5
D) barchasiga qo’shiladi
49.Hammalarining tili bir.Ushbu gapdagi bir so’zi qanday sintaktik vazifani bajarib kelmoqda?
A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) hol
50.Son haqidagi qaysi hukm noto’g’ri?
A) Sonlar gapda ko’pincha aniqlovchi va kesim vazifasida keladi .
B) Sonlar belgi ifodalovchi so’z - aniqlovchini o’ziga tobe qilib keladi.
C) Boshqa so’z turkumlaridan son yasalmaydi
D) Aloqa-munosabat qo’shimchalari sonning hamma turlariga ham qo’shila bermaydi .
51.Qaysi gapda sondan boshqa turkumdagi so’z yasalgan?
A) Oltovlon ovga chiqdi, ortidan g’ovg’a chiqdi .
B) Teraklarning uchida yolg’iz oy nur sochardi
C) U nima qilishini bilmay ikkilanib turdi .
D) Oltini ikkiga ko’paytirsak o’n ikki bo’ladi.
52.1.Lek erur bisyor dushman, bo’lsa u bir dona ham . 2.Buloq boshida bir kishi ko’rindi . 3.Fahm aylagan kishiga bu so’z bir kitobdir . Ushbu gaplardagi bir so’zining ma’nodoshlarini tartib bo’yicha belgilang .
A) yagona, kimdir, shunday
B) qandaydir, shunaqa, yakka
C) yolg’iz, qaysi, qandaydir
D) qaysidir, qandaydir, shunday
53.Ham chama son hosil qiluvchi, ham ravish yasovchi qo’shimchalarni belgilang
A) -cha, -inchi, B) -ovlab, -chasiga
C) -ona, -talab D) -lab, -larcha
54.Tartib son ma’no vazifasiga ko’ra qaysi so’z turkumiga yaqin turadi?
A) ravishlarga B) otlarga
C)sifatlarga D) olmoshlarga
55.Tartib son yasovchi –inchi (-nchi) qo’shimchalari murakkab sonlarga qay tarzda qo’shiladi?
A) birinchi songa qo’shiladi B) hamma songa qo’shiladi
C) faqat oxirgi songa qo’shiladi
D) vaziyatga qarab murakkab sonning talab etilgan qismiga qo’shiladi.
56.Qaysi rim raqamlari noto’g’ri yozilgan? 1. VІІІ (8) 2. XL (40) 3. LX (60) 4. XC (80) 5. DCCC (800) 6. CC (200)
A) 2, 4, 5 B) 3, 6 C) 5 D) 4
57.Qaysi qatorda quvvat birligi berilgan?
A) volt B) gektar C) vatt D) gramm
58.Megaamper (mA) nimaning birligi hisoblanadi?
A) sath o’lchovi B) elektr toki quvvati birligi
C) vazn birligi D) kuchlanish birligi
59. «Sanoq son + vazn ma’noli ot + o’lchanadigan buyum nomi» qolipli birikmani toping.
A) katta uchinchi darvoza B) olti so’m pul
C) uch tonna paxta D) besh kilometr yo’l
60.Sanoq son ishtirok etgan gapni toping.
A) Hindistonda haftalab yomg’ir yog’adi .
B) Toshkentdan qirqinchi fonarlarni olib kelganman .
C) U to’rni olib, baliq oviga yakka jo’nadi .
D) Rosa o’n olti yil ”Toshkent oqshomi” gazetasida bo’lim mudiri bo’lib ishladim.
61.Dona son hosil qiluvchi –ta qo’shimchasi o’rniga qaysi so’zlarni keltirish mumkin?
A) bosh B) nafar C) tup
D) yuqoridagilarning barchasi
62.-ov, -ala jamlovchi son qo’shimchalari qanday sonlarga qo’shiladi?
A) barcha sonlarga qo’shiladi
B) birdan o’ngacha bo’lgan sonlar qo’shiladi
C) ikkidan o’ngacha bo’lgan sonlarga qo’shiladi
D) ikkidan yuzgacha bo’lgan sonlarga qo’shiladi
63.To’tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o’z qishlog’i Rafqonga olib ketdi. Ushbu gapda sonning qanday ma’no guruhi qatnashgan?
A) dona son B) sanoq son
C) jamlovchi son D) kasr son
64.Qaysi sonlarda chiqish kelishigi ishtirok etadi.
A) sanoq son B) chama son C) kasr son
D) sonlarda chiqish kelishigi ishtirok etmaydi
65.U bu yilgi bahorda har yuz ona qo’ydan bir yuz yigirma bittadan qorako’l qo’zisini oldi. Ushbu gapda sonning qanday ma’no turlari qatnashgan?
A) jamlovchi son va kasr son
B) sanoq son va taqsim son
C) kasr son va sanoq son
D) chama son va dona son
Olmosh

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling