Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
49.Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg’a tikondek oshyon bo’lmas emish. Ushbu misralarda yordamchi so’zlarning qaysi biri qo’llangan?
A) ko’makchi B) bog’lovchi C) yuklama D) yordamchi so’zlar qo’llanmagan 50.Na qo’shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitilmadi. Ushbu gapda yordamchi so’zlardan qaysi biri mavjud? A) bog’lovchi B) ko’makchi C) yuklama D) yordamchi so’zlarning hech biri mavjud emas 51.Odamlar goh koyib, goh tutdi yoqa, O’g’lim yo’q deb yana o’kinma ona. Ushbu baytda . . . A) inkor bog’lovchilari mavjud B) ergashtiruvchi bog’lovchilar mavjud C) takror bog’lovchilar mavjud D) kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari mavjud 52.Yuklamalarning qanday ma’no turlari bor? 1.so’roq-taajjub yuklamalari 2.kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari 3.ayiruv-chegaralov yuklamalari 4.o’xshatish-qiyoslash yuklamalari 5.gumon yuklamalari 6.inkor yuklamalari 7.shart yuklamalari A) 1, 2.3.4 B) 1, 2, 3, 4, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 53.Vazifadosh yuklamalarni belgilang. A) axir, xuddi, nahotki B) -mi, -chi, -oq C) -u(-yu), -da D) ya’ni , deb, go’yo 55.Inkor yuklamasi berilgan qatorni aniqlang. A) xuddi, naq B) –ku, ham C) faqat, -gina D) hech, sira 56.O’xshatish-qiyoslash yuklamasi qatnashgan gapni toping. A) Men bor-ku ! – deb qichqirdi Akbarali kulib. B) Toki odamlar meni ko’rmasin, faqat mehnatimni ko’rishsin. C) O’shanda dadam ham frontda edilar. D)Dardga darmon bo’ladigan ham shu so’z, turmushga og’u soladigan ham xuddi shu so’z. 57.Gumon yuklamasi qatnashgan gapni toping. A) -Xatini ham yubordingizmi? – dedi va sabrsizlanib Sodiqning og’ziga tikildi. B) U so’zlar, tirilib kelarlar go’yo, Birga qonli jonga kirgan o’rtoqlar. C) Urug’ingizdir, aymog’ingizdir, Biror og’zi maymog’ingizdir. D) Yurtimiz bundan-da go’zalroq, bundan-da farovonroq bo’lishiga ishonaman. 58.Kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi qatnashgan gapni toping. A) U hammani g’irt yolg’on gaplari bilan laqillatdi. B) Sizni yo’qlab kelgandir? C) Faqat bir iltimos ko’rkam chamanda Ochib gul g’unchalar etganda xanda D) Na martaba, na boyligi bor edi uning. 59.So’roq-taajjub yuklamasi qatnashgan gapni aniqlang. A)Haqiqatni, faqat haqiqatni aytaman deb ont iching ! B) Nahotki qirq yillab mehnat qilgan odamning taqdiri shu bo’lsa ! C) Yomg’irda qolibdi, shekilli, hamma joyi jiqqa ho’lmi ? D) Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda, Haykal ham qo’yingiz bamisli xayol. 60. Qaysi gapda gumon yuklamasi ishtirok etmagan ? A) Muslima maktabga yetib borgandir. B) ”O’lsa o’lgandir, bunga nima janjal ! “ – deb qo’ydi tag’in birov. C) Furqatning “Sayding qo’ya ber, sayyod” musaddasi asl mazmuni bilan erk va ozodlikka chorlovchi madhiyadir. D) Sizni birontasi yo’qlab kelgandir ? 61.Ayiruv-chegaralov yuklamasi qatnashgan gapni toping. A) Nega yo’q bo’larkan? Muattar Zokirovna-chi ? Lobarxon-chi ? B) Bu haqda SHahnozagina biladi. C) Sekinroq yuring , uka , men charchaganman. Ikki kundan beri uxlayman-a. D) Terak go’yo mungli qo’shiqni kuyga solgan sozandadek bir maromda tebranib shivirlar ekan. 62. Inkor yuklamasi qatnashgan gapni toing. A) Axir, dalalarda ish boshlandi. B) Dalalarda ish boshlandi-da. C) Na qo’shiq, na kulgi , na churq etgan ovoz eshitilmadi. D) Sekin unga yaqin bordim : bu manzara ham bizning ko’ngilga yaqin-da qadrdon ! 63. Vazifadosh yuklamani toping. A)faqat B) hatto C) nahotki D) –gina 64.Qaysi gapda vazifadosh yuklama mavjud? A) Axir, bir to’p g’o’za–xalq boyligi. B) CHoy qaynatib ichishni-da unutdi. C) SHu ondayoq o’zini chetga oldi. D) Muhtaramning faqat o’zi qoldi. Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling