Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet61/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

80. Egasi umumlashgan gap berilgan qatorni aniqlang.
A) San-manga bormaylik, masalani odillik bilan hal qilamiz.
B) Avtobusga orqa eshikdan kiriladi.
C) So’zimizning ustidan chiqamiz.
D) Vazifani o’z vaqtida bajarish kerak.
81. Egasi umumlashgan gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Avval o’yla, keyin so’yla.
B) Teshavoy, soy bo’yida kutib turmoqchimisiz? – Ha.
C) Yam-yashil o’tov. Hulkar bu yerga kelsa qanday quvonadi.
D) Odam qadrini mehnat oshirar.
82. Egasiz gaplarning turini aniqlang.
A) egasi ma’lum gap va egasi umumlashgan gap
B) modal so’z-gap va undov so’z – gap
C) shaxsi noma’lum gap, atov gap, so’z-gap
D) tasdiq va inkor so’z-gap, taklif so’z-gap
83. SHaxsi noma’lum gap berilgan qatorni toping.
A) Hovli zim-ziyo. Ariqdagi suv shaldirab oqadi.
B) Dam olish kuni kitobxonlar yig’ilishiga borish kerak.
C) Bugun to’garakka borishimiz lozim edi. D) Ertaga uchrashamizmi?
84. Atov gap berilgan qatorni toping.
A) – Sog’ligingiz yaxshimi?
- Rahmat. Tuzukman.
B) Urush. Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi.
C) Maktab mulkini ko’z qorachig’idek asramoq darkor.
D) Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar.
85. So’z-gap berilgan qatorni belgilang.
A) Uchrashuv. Mehmonlar hamma bilan quchoqlashib ko’rishdilar.
B) O’ylab qarasam, haq ekansiz.
C) Marasul: ... Men sizni doktor qilaman, akademik qilaman!
Nasiba (kulimsirab) : Rostmi?
D) Subhidam. Quyosh yotog’idan bosh ko’tardi.
86. Tarkibga ajralmaydigan, boshqa so’zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo’lmagan gaplar....
A) atov gap B) shaxsi noma’lum gap
C) so’z-gap D) egasi umumlashgan gap
87. Yoyiq atov gap qatnashgan qatorni toping.
A) Subhidam. Quyosh yotog’idan bosh ko’tardi.
B) Maktab. Yoshligimizning oltin davri shu dargohda o’tdi.
C) May. Kunduz soat to’rtlar chamasi. Yangi shahar ko’chalari. Ilk bahor shabadasi yoqimli esadi.
D) Assalomu alaykum, hormang, ota!
88. Sodda yig’iq gap deb nimaga aytiladi?
A) faqat kesimdan iborat bo’lgan gap
B) faqat ega va kesimdan iborat bo’lgan gap
C) faqat ikkinchi darajali bo’laklardan iborat bo’lgan gap
D) ega va kesimdan boshqa bo’laklar bilan kengaygan gap
89. Sodda yig’iq gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Men o’qituvchiman.
B) SHohimardonga bordik.
C) Baland bino qurildi. D) A va B
90. Sodda yoyiq gap deganda nimani tushunasiz?
A) faqat kesimdan iborat bo’lgan gap
B) faqat ikkinchi darajali bo’laklar bilan kengaygan gap
C) ega va kesimdan boshqa bo’laklar bilan kengaygan gap
D) faqat ega va kesimdan iborat bo’lgan gap
91. Sodda yoyiq gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Navro’z bayrami boshlandi.
B) O’zbekiston Respublikasi – go’zal mamlakat.
C) Salimaning chiroyli ko’ylagi
D) Sizlar yugurdingiz.
92. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari berilgan qatorni toping.
A) ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi
B) to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol, kesim
C) hol, aniqlovchi, to’ldiruvchi
D) to’ldiruvchi va hol
93. Qaysi qatorda holning ta’rifi to’g’ri berilgan?
A) Gapning biror bo’lagiga (ko’pincha kesimga) boshqaruv yo’li bilan bog’lanib, uni to’ldirib kelgan bo’lak.
B) Kesimga bog’lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o’rnini, paytini, holatini, bajarish sababini, maqsadini, daraja-miqdorini bildirgan bo’lak.
C) Gapning biror bo’lagini aniqlab kelgan bo’lak.
D) Gapda so’zlovchi tomonidan alohida ahamiyat berilib, ta’kidlab ko’rsatilgan bo’lak.
94. Sabab holi qatnashgan gapni toping.
A) Hammani kuldirish uchun ataylab shunday antiqa kiyindi.
B) Qirq marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi.
C) Senday yashamayman.
D) Arzimagan narsa uchun janjal ko’taradi.

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling