Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
32. Bo’lib o’tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beruvchi matn...
A) ijodiy-tavsifiy matn B) ma’lumotnoma matni C) ijodiy matn D) tavsifiy matn 33. Ijodiy-tavsifiy matnga mansub uslublarni belgilang. A) ilmiy B) publitsistik C) badiiy D) sanalganlarning barchasi 34. Qaysi matnda ko’chma ma’noli so’zlardan, tilning badiiy-tasviriy vositalaridan deyarli foydalanilmaydi? A) ma’lumotnoma matnida B) badiiy matnda C) publitsistik matnda D) A va C 35. Ifoda maqsadiga ko’ra gaplar qanday turlarga bo’linadi? A) sodda va qo’shma gaplar B) darak, so’roq, buyruq, istak gaplar C) darak, so’roq, buyruq gaplar D) darak, so’roq, his-hayajon gaplar 36. Qani til bo’lsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa! Ushbu gap... A) darak gap B) so’roq gap C) buyruq gap D) istak gap 37. Undov gaplar qanday hissiyotlarni bildiradi? 1. shodlik 2. quvonch 3. qo’rquv 4. tantana 5. taajjub 6. qayg’u 7. afsuslanish A) 1, 3, 5, 7 B) 1, 2, 3, 5, 6, 7 C) 1, 2, 3, 5, 6 D) yuqoridagilarning barchasi 38. Ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topib, murakkabroq fikr anglatuvchi gap ... deyiladi. A) sodda gap B) qo’shma gap C) ikki bosh bo’lakli gap D) bir bosh bo’lakli gap 39. Bir nima demoqchi bo’ldi. Tili og’ziga tiqilib qoldi. Yuqoridagi ikkita sodda gap o’rtasiga qaysi grammatik vositani qo’yib, qo’shma gap hosil qilish mumkin? A) chunki B) –yu C) ammo D) B, C 40. Qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang. A) Nizomjon konvertni dadasining qo’liga berdi. B) Xalil ota halol va mehnatsevar kishiga xos izzat-obro’sini va qadr-qimmatini chuqur tushuntirdi. C) Go’yo hayot tamomila uxlaganday, hammayoq jimjit edi. D) Ahillik bor yerda temir ham suvga cho’kmaydi. 41. Sodda va qo’shma gaplar qaysi xususiyatiga ko’ra farqlanadi? A) yig’iq gap yoki yoyiq gapligiga ko’ra B) grammatik asoslar miqdoriga ko’ra C) ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etgan yoki ishtirok etmaganiga ko’ra D) eganing ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligiga ko’ra 42. Qaysi hukm noto’g’ri? A) Ikkinchi darajali bo’laklar ishtirok etgan gap sodda yoyiq gap deyiladi. B) Qo’shma gap tarkibida ikki va undan ortiq uyushgan kesim bo’ladi. C) Sodda gap tarkibida bosh va ikkinchi darajali bo’laklar qatnashadi. D) Egasi mavjud gaplarda kesim albatta ishtirok etadi. 43. Qaysi qatorda qo’shma gap berilmagan? A) Biz uyga qaytdik va birga dars tayyorladik. B) Men sinfga kirdim va deraza oldida turgan SHahnozani ko’rdim. C) SHamol turgach, hammayoqni to’zon qopladi. D) SHamol turdi va hammayoqni to’zon qopladi. 44. Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi. Gap bo’laklarining tartibi qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) ega, to’ldiruvchi, hol, kesim B) ega, hol, to’ldiruvchi, hol, kesim C) ega, aniqlovchi, to’ldiruvchi, kesim D) ega, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol, kesim. 45. Qaysi hukm to’g’ri? A) Ega gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. B) Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi. C) Ega tasdiq-inkor, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalaydi. D) To’g’ri javob berilmagan. 46. U gap markazi bo’lib, tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo’laklarini o’z atrofida birlashtiradi. Ushbu ta’rif qaysi gap bo’lagiga mansub? A) ega B) kesim C) to’ldiruvchi D) hol 47. Kesim qaysi so’roqlarga javob bo’ladi? 1. nima qildi? 2. nechanchi? 3. nima qilyapti? 4. qanday? A) 1, 3 B) 1, 2, 3 C) 1, 5 D) 1, 2, 3, 4 Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling