Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Sintaksis. So’z birikmasi. Gap bo’laklari


Download 227.6 Kb.
bet56/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

Sintaksis. So’z birikmasi. Gap bo’laklari
1.Quyidagilarning qaysi biri til birligi sanaladi?
1. gap 2. so’z birikmasi 3. so’z 4. tovush 5. qo’shimcha
A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 3
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) faqat 2 va 3
2. So’z birikmalari va gaplarning qurilishi va ifoda xususiyatlarini o’rganuvchi til bo’limi ... deyiladi.
A) sintaksis B) morfologiya
C) uslubshunoslik D) orfografiya
3.Sintaksis so’zlarning bir-biri bilan bog’lanishi hamda gap tuzilishi qonun-qoidalarini o’rganishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
A) sodda gap sintaksisi va qo’shma gap sintaksisi
B) so’z birikmasi sintaksisi va gap sintaksisi
C) gap bo’laklari sanaladigan va sanalmaydigan bo’laklar sintaksisi
D) yuqoridagilarning barchasi noto’g’ri
4. Har qanday til o’zining nutq tovushlari, so’zlari (iboralari) va qo’shimchalaridagi imkoniyatlarni tilshunoslikning qaysi bo’limida namoyon qiladi?
A) morfologiyada B) uslubshunoslikda
C) sintaksisda D) leksikologiyada
5.Otli so’z birikmasi berilgan qatorni aniqlang.
A) tez yugurmoq, zavq bilan o’qimoq
B) kitobni o’qimoq, ta’sirli so’zlashmoq
C) katta qishloq, chumchuqlarning chug’ur-chug’uri
D) gulni uzish, darsga shoshilish
6. So’z birikmasi hokim so’zning qaysi turkumga oid so’z bilan ifodalanishiga qarab qanday guruhga bo’linadi?
A) otli so’z birikmasi, ravishli so’z birikmasi
B) fe’lli so’z birikmasi, olmoshli so’z birikmasi
C) otli so’z birikmasi, fe’lli so’z birikmasi
D) otli so’z birikmasi, sifat va sonli so’z birikmasi
7. CHoynakdan kattaroq birikmasi tarkibidagi qaysi qo’shimchalar so’zlarni bir-biriga bog’lashga, qaysilari lug’aviy ma’noga qo’shimcha ma’nolar berishga xizmat qilyapti?
A) –roq qo’shimchasi so’zlarni bir-biriga bog’lashga, -dan qo’shimchasi lug’aviy ma’no berishga xizmat qilyapti
B) –dan qo’shimchasi so’zlarni bir-biriga bog’lashga, -roq qo’shimchasi lug’aviy ma’noga qo’shimcha ma’no berishga xizmat qilyapti
C) –dan va –roq qo’shimchalari so’zlarni faqat bog’lashga xizmat qilyapti
D) –dan va –roq qo’shimchalari lug’aviy ma’noga qo’shimcha ma’no bermoqda
8. Bitishuvli birikma berilgan qatorni toping.
A) yoshlarga g’amxo’rlik
B) ishchan bola
C) sizning ukangiz
D) do’stlarini hurmat qilmoq
9. Boshqaruvli birikma berilgan qatorni toping.
A) sharoitiga ko’ra yondashmoq
B) mehribon murabbiy
C) maktabimizning jamoasi
D) tezda yubormoq
10. Bitishuvli birikma berilgan qatorni toping.
A) shahrimiz ko’chalari B) Ko’z qo’rqoq
C) mulohazali yigit
D) ba’zan qor, ba’zan yomg’ir
11. Tobe so’zning hokim so’zga tushum, jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigi qo’shimchalari yoki ko’makchilar yordamida bog’lanishi...
A) moslashuv deyiladi
B) boshqaruv deyiladi
C) bitishuv deyiladi
D) boshqaruv va bitishuv deyiladi.
12. SHaroitiga ko’ra yondashmoq birikmasida tobe so’z hokim so’zga qaysi vosita yordamida bog’langan?
A) kelishik qo’shimchasi vositasida
B) ko’makchi vositasida
C) kelishik qo’shimchasi va ko’makchi vositasida
D) Ushbu birikma bitishuv bo’lib, faqat ohang vositasida bog’lanmoqda.
13. Hokim so’zning tobe so’zga egalik qo’shimchalari yordamida bog’lanishi qanday birikma sanaladi?
A) boshqaruv B) moslashuv C) bitishuv D) bunday birikuv mavjud emas
14. So’z qo’shilmalaridagi so’zlar qanday vositalar orqali bog’lanadi?
A) ohang B) ko’makchilar
C) ohang va teng bog’lovchilar D) A, V, C
15. Qaysi qatorda so’z qo’shilmalari berilgan?
A) otam hamda akam B) otamning akasi C) sariq gul D) sofdil
16. So’z birikmasi bilan qo’shma so’zlarning farqi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
1. So’z birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan, qo’shma so’z tarkibidagi qismlar ma’nosi saqlanmasandan umumiy ma’no anglashiladi.
2. So’z birikmasidagi qismlar orasida aloqa sezilib turadi, qo’shma so’z qismlari orasidagi grammatik aloqa yo’qolgan bo’ladi.
3. So’z birikmasini tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida-alohida so’roq berish mumkin, qo’shma so’zlarga esa yaxlit savol beriladi.
4. So’z birikmasi leksik hodisa, qo’shma so’z grammatik hodisa.

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling