Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet64/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

GAP BO’LAKLARI TARTIBI. GAP URG’USI. TO’LIQ VA TO’LIQSIZ GAP. GAPNING UYUSHIQ BO’LAKLARI. GAPNING AJRATILGAN BO’LAKLARI. GAP BO’LAKLARI BILAN ALOQAGA KIRISHMAYDIGAN “BO’LAKLAR”.
1. Gap bo’laklarining odatdagi va o’zgargan tartibi qaysi uslublar uchun mos keladi?
A) Odatdagi tartib og’zaki nutq uslubi uchun, o’zgargan tartib ilmiy uslub uchun mos.
B) Odatdagi tartib ilmiy asarlar uslubi uchun, o’zgargan tartib og’zaki nutq va badiiy nutq uslubi uchun mos. C) Odatdagi tartib badiiy (ayniqsa, she’riy) nutq uslubi uchun, o’zgargan tartib rasmiy nutq uslubi uchun mos.
D) Odatdagi tartib ham, o’zgargan tartib ham barcha nutq uslublari uchun mos keladi.
2. Qaysi gapda o’zgargan tartib mavjud?
A) Ertalabki kuchli shamol maktab bog’idagi daraxtlarning mevalarini to’kib yubordi.
B) Bu tepalikka chiqish orqada qolgan yo’lning azobidan ham ortiqroq bo’ldi.
C) Ota yuz-qo’llarini yuvgandan so’ng sal nariga borib o’tirdi.
D) Har bir qarich yeri muqaddasdir O’zbekistonimning.
3. Ravish holi fe’l kesimdan so’ng joylashgan gapni aniqlang.
A) Pomir bo’ylab lochin kabi uchgansiz otda.
B) Mayin shamol esadi g’ir-g’ir.
C) Yashasin mustaqillik !
D) CHappar urib gullagan bog’in
O’par edim vatan tuprog’in.
4. Yurtim, senga she’r bitdim bugun,
Qiyosingni topmadim aslo. Ushbu misralardagi o’zgargan tartib haqidagi qaysi fikrlar to’g’ri?
A) to’ldiruvchilar kesimdan keyin joylashgan
B) aniqlovchi va aniqlanmishning o’rni o’zgargan
C) hollar kesimdan so’ng joylashgan
D) gap bo’laklarining tartibi to’g’ri berilgan
5.To’ldiruvchi kesimdan so’ng joylashgan gapni aniqlang.
A) Nima qilib yuribsan bu yerlarda, bolam
B) Odamlardan tinglab hikoya
O’sar edi shoirda g’oya.
C) Navbahor: ochildi gullar, sabza bo’ldi bog’lar, suhbat aylaylik, kelinglar, jo’ralar, o’rtog’lar.
D) Boshqalarni bilmayman-u, suyak sho’rva Kulala ikkalamizga zo’rlik qildi.
6. Gap bo’laklarining odatdagi tartibi haqidagi to’g’ri javoblarni belgilang.
1. ega oldin, kesim gapning oxirida keladi
2. to’ldiruvchi egadan keyin keladi
3. sabab holi kesimdan oldin keladi
4. ravish holi kesimdan avval keladi
A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 2, 3, 4
7. Gap bo’laklarining odatdagi tartibi haqida bildirilgan qaysi fikr noto’g’ri?
A) To’ldiruvchi o’z aniqlovchisi bilan egadan keyin keladi.
B) Payt holi egadan keyin keladi.
C) O’rin va sabab-maqsad hollari kesimdan oldin keladi. D) Barcha fikr to’g’ri.
8. Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo. Ushbu parchada qaysi gap bo’laklari doirasida tartib o’zgargan?
A) hol va kesim
B) aniqlovchi va aniqlanmish
C) to’ldiruvchi va kesim
D) ega va kesim
9. Gapda so’zlovchi tomonidan alohida ahamiyat berilib, ta’kidlab ko’rsatilgan bo’lakning kuchli ohang bilan aytilishi... deyiladi.
A) ajratilgan bo’lak B) kiritma
C) gap urg’usi D) so’z urg’usi
10. Qaysi gapda mantiqiy urg’u ko’proq muzeyga so’ziga tushgan?
A) Biz kecha muzeyga bordik.
B) Biz muzeyga kecha bordik.
C) Muzeyga biz kecha bordik. D) A, C
11. So’z urg’usi bilan gap urg’usining farqi qaysi qatorda to’g’ri qayd etilmagan?
A) So’z bo’g’inlaridan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi so’z urg’usi, gap bo’laklaridan birining kuchliroq ohang bilan aytilishi gap urg’usi sanaladi.
B) So’z urg’usi ma’no farqlashga xizmat qiladi, gap urg’usi ma’no farqlamaydi, balki ta’kidlash ma’nosini beradi.
C) So’z urg’usi grammatika bo’limida, gap urg’usi fonetika bo’limida o’rganiladi.
D) So’z urg’usidagi bo’g’in, gap urg’usi olgan bo’lak kuchliroq talaffuz qilinadi.

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling