Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet65/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

12. Gaplar o’z bo’laklarining to’la ifodalangani yoki ifodalanmay qolganiga ko’ra necha turlarga bo’linadi?
A) yig’iq gap va yoyiq gap
B) to’liq gap va to’liqsiz gap
C) egali gap va egasiz gap
D) sodda gap va qo’shma gap
13.Qaysi dialogda ega va kesim tushirilgan?
A) – Kim muzeyga bormoqchi?
– Hammamiz boramiz.
B) Seni qurol ushlashga qaysi nomard majbur qildi!
– vijdonim, xalqimning amri
C) – Siz she’r ham yozyapsizmi, Oydin?
– Yozyapman.
D) – Ishni men kimdan qabul qilib olayotibman?...
– Byuro a’zosidan.
14. Biror bo’lagining ifodalanmaganligi sezilmaydigan, fikr ifodalash uchun zarur bo’lgan hamma bo’laklari saqlangan gaplar....
A) to’liq gaplar B) to’liqsiz gaplar
C) yig’iq gaplar D) egasiz gaplar
15. To’liqsiz gapda qaysi bo’lakning tushirilishi nimalarga bog’liq?
A) gapning bosh bo’laklariga
B) gapning ikkinchi darajali bo’laklariga
C) nutq sharoitiga D) A, B, C
16. Borganingizda Saidova bilan uchrashdingizmi?—Uchrashdim.—Qayerda? –Bir juvonnikida. Ushbu gaplar haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri?
A) 1-to’liq gap, 2-hol va to’ldiruvchisi tushirilgan to’liqsiz gap,
3—kesimi tushirilgan to’liqsiz gap, 4 – kesimi tushirilgan to’liqsiz gap
B) 1—to’liqsiz gap, 2—to’ldiruvchi va hol tushirilgan to’liqsiz gap,
3 – hol va kesimi tushirilgan to’liqsiz gap, 4 – kesimi tushirilgan to’liqsiz gap.
C) 1—to’liqsiz gap, 2—to’ldiruvchi va hol tushirilgan to’liqsiz gap,
3—hol va kesimi tushirilgan to’liqsiz gap, 4 – kesimi tushirilgan to’liqsiz gap
D) 1—to’liq gap, 2—hol va to’ldiruvchisi tushirilgan to’liqsiz gap,
3 – to’ldiruvchi tushirilgan to’liqsiz gap, 4 – kesimi tushirilgan to’liqsiz gap.
17. Suhbat nutqida, matn ichida qo’llanib, biror bo’lagi tushirilib qoldirilgan va u nutq sharoitidan anglashilib turadigan gaplar .........
A) to’liq gap B) egasi yashiringan gap C) yig’iq gap D) to’liqsiz gap
18. Qaysi qatorda to’ldiruvchilar uyushib kelgan?
A) Yo’lda ba’zan katta-katta maydonni qoplab olgan oq, pushti, sariq va qizil gullar uchraydi.
B) Ular daryo bo’yidagi toshlardan, har xil giyohlardan namunalar olishdi.
C) Endi qizlar charchashib, terlashib ... tog’ning ustiga chiqib olishdi.
D) Quyosh goh ko’tarilib, goh pastlab bir joyda uchib turdi.
19. Qaysi qatorda uyushiq bo’laklarning ta’rifi berilgan?
A) O’zidan oldin kelgan bo’lakning ma’nosini izohlaydigan, to’ldiradigan, aniqlaydigan bo’lak.
B) So’zlovchi ifodalayotgan fikrga izoh, qo’shimcha axborot berish uchun qo’llanadigan so’z.
C) Bir xil sintaktik vazifa bajarib, bir xil so’roqqa javob bo’luvchi, o’zaro teng aloqada, boshqa bo’laklar bilan esa tobe aloqada bo’lgan bo’laklar.
D) So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmet.
20. Gapning qaysi bo’laklari uyushishi mumkin?
A) bosh bo’laklar
B) ikkinchi darajali bo’laklar
C) A, B D) kesim, to’ldiruvchi, hol
21. Uyushiq kesim qatnashgan gapni aniqlang.
A) Siz a’lochisiz va jamoatchisiz.
B) Siz a’lochi va jamoatchisiz.
C) Biz harbiy uchuvchi bo’lamiz va Vatan posbonlari bo’lamiz.
D) Olma va anorlar pishib yetildi.
22. Uyushiq ega qatnashgan gapni belgilang.
A) Nodira Salima bilan birga kinoga bordi.
B) SHahar, qishloq, ko’chalarni tomosha qilib, poezdda keldim.
C) Bu yerning ob-havosi, iqlimi va sharoiti yaxshi edi.
D) To’lqin, Ozoda va SHoiraning ukalari bog’chada tarbiyalanadilar.
23. U dam hazil bilan, dam jiddiy so’radi. Ushbu gapda qaysi bo’laklar uyushgan?
A) ega B) kesim C) hol D) to’ldiruvchi
24. Bu daftarni senga oldim. Ushbu gaplarda qaysi bo’lak uyushgan? A) aniqlovchi
B) hol C) to’ldiruvchi D) hech qaysi bo’lak uyushmagan

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling