Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
39. Dunyoning kengga keng, torga torligini bilib oling. Ushbu gap .........
A) bog’lovchisiz qo’shma gap B) ergashgan qo’shma gap C) sodda gap D) ikki bosh bo’lakli gap 40. Kesim ergash gapli qo’shma gap berilgan qatorni toping. A) Kimki ilm urug’ini sepsa, u lug’lik mevasini teradi. B) SHu narsa aniqki, tarixini yaxshi bilmagan odam oxir-oqibatda qul sifatida kun kechiradi. C) Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz. D) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam. 41. Bu savollardan ma’lum bo’ldiki, aybnoma uydirma emas. Ushbu gap ...... A) kesim ergash gapli qo’shma gap B) ega ergash gapli qo’shma gap C) to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap D)aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap 42. Gap qismlari nisbiy so’zlar yordamida bog’langanda, ergash gap kesimi qanday shaklda bo’ladi? A) ravishdosh shaklida B) sifatdosh shaklida C) shart mayli shaklida D) qaysi shaklda bo’lishining ahamiyati yo’q 43. Gap qismlari nisbiy so’zlar yordamida bog’langanda, ergash gap va bosh gapning o’rni qay taxlit bo’ladi? A) bosh gap ergash gapdan oldin keladi. B) ergash gap bosh gapdan oldin keladi. C) har ikkovi holat ham kuzatilishi mumkin. D) barcha javoblar noto’g’ri. 44. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni belgilang. A) SHu narsani esdan chiqarmangki, odam odam bilan uchrashadi, tog’ tog’ bilan uchrashmaydi. B) Kim birovga yaxshilik qilsa, uning obro’yi baland bo’ladi. C) Men shuni uning qulog’iga doim quyib kelganim kelgan. D) Sizni suvdan o’tkazib qo’ymasam, menga bergan noningiz harom bo’lg’ay. 45. Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga qanday vositalar orqali bog’lanadi? A) ergashtiruvchi bog’lovchi B) nisbiy so’zlar C) nisbiy so’zlar va –ki yuklamasi D) ko’rsatish olmoshlari va ko’makchili qurilmalar 46. Ilm martabasi martabalarning zo’ridir, shu sababli yoshlikdan ilm olish payida bo’l. Ushbu qo’shma gap qismlari qanday vositalar orqali bog’lanyapti? A) teng bog’lovchilar B) ergashtiruvchi bog’lovchilar C) ko’makchili qurilmalar D) nisbiy so’zlar 47. Ergashgan qo’shma gap qismlarini bog’lovchi deb so’zi qaysi so’z bilan ma’nodosh bo’lishi mumkin? A) kabi B) uchun C) shuning uchun D) hech qaysi so’z bilan ma’nodosh bo’la olmaydi 48. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplarning qaysi birida ergash gap bosh gapdan oldin joylashgan? A) Men senga shunday narsalar keltirayki, ularni tushingda ham ko’rmagansan. B) Fan olamida shunday olimlar ijod qilib o’tganki, ular yaratgan asarlar asrlar osha yashaydi. C) Katta arava qaysi yo’ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo’ldan yuradi. D) Odam borki, odamlarning naqshidir. 49. Qo’shma gap qismlari –ki yordamida bog’langanda ergash gap va bosh gap o’rinlari odatda qanday bo’ladi? A) ergash gap oldin, bosh gap keyin keladi B) bosh gap oldin, ergash gap keyin keladi. C) bosh va ergash gaplarning qaysi o’rinda kelishiga –ki yuklamasining aloqasi yo’q. D) to’g’ri javobberilmagan. 50. Ko’rsatish olmoshi qo’llanmagan to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni toping. A) SHuni anglamoq kerakki, ota-ona uchun farzanddan ko’ra yaqinroq kimsa yo’q. B) SHuni hamisha yodingizda saqlangki, birovga yolg’on gapirish eng katta gunohdir. C) SHu narsani esdan chiqarmangki, odam odam bilan uchrashadi, tog’ tog’ bilan uchrashmaydi. D) Bilingki, jim turib salomat bo’lish, gapirib malomatga qolishdan afzal. 51. Tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir-biri bilan bog’liq bo’lib, maxsus bog’lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog’langan qo’shma gaplar .... deyiladi. A) bog’langan qo’shma gaplar B) bog’lovchisiz qo’shma gaplar C) ergashgan qo’shma gaplar D) murakkab qo’shma gaplar Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling