Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
27. Qaysi gapda bosh gap avval, ergash gap keyin kelmoqda?
A) Toleim shulki, jahonda bir guliston tanladim. B) Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro’yi bir pul bo’ladi. C) SHamol qay tomonga essa, maysa ham o’sha tarafga esadi. D) Yaxshilik obro’ keltiradi, yomonlik esa zulmatga olib boradi. 28. Qaysi qatorda ergash gap bosh gapga ko’makchili qurilmalar yordamida birikkan? A) Ular mening aytganimni qilishadi, chunki men oilamizning kenjatoyiman. B) Ongli kishi deyilsa, ongga ega, aql-idrokli odam tushuniladi. C) Ikkinchi masala jiddiy, shuning uchun u maxsus o’rganishni talab qiladi. D) Qaysi yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo’lsa, o’sha yer baxt maskanidir. 29. Qaysi qatorda ergash gap bosh gapga ergashtiruvchi bog’lovchi yordamida birikkan? A) Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo’l hosil oldik. B) Ukalarim bezovta bo’lmasin deb, To’ng’ich botir to’qayning bir chekkasiga qochdi. C) SHuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko’ramiz. D) Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin. 30. Qaysi qatorda ergash gap bosh gapga yuklama yordamida birikkan? A) Kim harakat qilsa, u baraka topadi. B) SHunga aminmanki, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun ta’lim tizimini yaxshilashda tub burilish yasaydi. C) Siz Hindistonda neniki ko’rgan bo’lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. D) Gul barglari uchishadi, tushmasin deb qo’lingga. 31. Qaysi qatorda ergash gap bosh gapga nisbiy so’zlar vositasida birikkan? A) Misralarda so’zlar gavhar kabi yonadi, go’yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi. B) Mabodo boshingga qilich kelsa ham, to’g’ri gapir. C) Kimning ko’ngli ochiq bo’lsa, uning el orasida martabasi ulug’ bo’ladi. D) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi, seni to’ydiradi. 32.Qaysi qatorda sabab ergash gapli qo’shma gap berilgan? A) SHu mo’’jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi. B) Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda. C) Yovlar yakson bo’lsin deb, Yigitlar jang boshladi. D) Gul barglari uchishadi, tushmasin deb qo’lingga. 33. Ko’rsatish olmoshili ergashgan qo’shma gapni toping. A) Kimki o’zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo’lsa, demak, u haqiqiy mo’’mindir. B) Nima ro’zg’orga kerak bo’lsa, dadam o’shani bozordan keltiraverar edi. C) SHunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, past bo’ladi. D) Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga bundog’ to’nlar berar. 34. SHart mayli vositasida ergashgan qo’shma gapni toping. A) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi, seni to’ydiradi. B) Umidimiz shuki, Sizlar baxtli bo’linglar. C) Kamalakdek rango-rang bo’lsin deb, san’at, tillar, Asrlarcha qildim jang. (E.Vohidov) D) Ikkovi ham men bilan qadrdonlardek so’rashdi, shuning uchun darrov suhbatimizga jon kirdi. 35. Qiyoslash-chog’ishtiruv bog’lovchisi berilgan qatorni toping. A) mabodo B) toki C) xuddi D) to’g’ri javob yo’q. 36. Nisbiy so’zli ergangan qo’shma gap berilgan qatorni toping. A) Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda. B) O’zimiz juda cho’llab kelgan edik, shuning uchun kechirdik. C) Agar Alloh oldida javobgar bo’lsang, boshing, shaksiz, kesilgay. D) Kim harakat qilsa, u baraka topadi. 37. Qaysi qatorda sodda gap berilgan? A) Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo’naymiz. B) Ko’p o’qigan ko’p biladi. C) Oy yoritadi, ammo isitmaydi. D) Sarbon shundog’ dedi-da, quchog’ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi. 38. Ko’rsati sh olmoshili ergashgan qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang. A) Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o’shaniki bo’ladi. B) Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga hech kim rahm-u shafqat qilmaydi. C) SHu aytganlaringning hammasini bir chekkadan kitob qilib yozsa bo’ladi D) SHunday yashaylikki, hamma havas qilsin. Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling