Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet70/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

14. Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni belgilang.
A) Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kirar teshikdan.
B) Har kimning zari bo’lmasin, ammo hunari bo’lsin.
C) Ayrilganni ayiq yer, Bo’linganni bo’ri yer. D) Bunday qo’shma gap berilmagan.
15. Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplar qismlarini
bog’lovchi –u (-yu), -da yuklamalari qanday ma’nolarni ifodalaydi?
A) zidlash B) ketma-ketlik C) payt D) A, B
16. Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap tarkibida qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) tire B) vergul C) ikki nuqta
D) hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi.
17. Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gapni aniqlang.
A) Yig’ilishga yo Anvar, yoki Rahmon boradi.
B) Uyimiz orqasiga ba’zan uning mashinasi kelib to’xtardi.
C) Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi.
D) Xohi yayov bo’lsin otim, Goh sayr ham darkor ekan. (M.)
18.Bo’lsa, esa so’zlari qo’shma gap tarkibida qanday munoasabatlarni bildiradi?
1. zidlash 2. qiyoslash 3. payt 4. shart 5. to’siqsizlik
A) 1, 2, 3 B) faqat 2 C) 4, 5 D) 1, 2
19. Bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Jahl – dushman, aql esa do’stdir.
B) Til tinch bo’lsa, bosh salomat bo’ladi.
C) Dunyoning kengga keng, torga torligini bilib oling.
D) Muhabbat va nafrat, mehr va qahr doim birga yurar unda.
20. Tovus o’zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o’zining sharaf-u shonini saqlaydi. Ushbu gap tuzilishiga ko’ra .........
A) Ergashgan qo’shma gap
B) Bog’langan qo’shma gap
C) Bog’lovchisiz qo’shma gap
D) Sodda gap
21. Ergashgan qo’shma gap tarkibi necha qismdan iborat bo’ladi?
A) ikki qismdan B) uch qismdan C) to’rt qismdan
D) necha qismdan iborat bo’lishining ahamiyati yo’q.
22. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni beliglang.
1. nisbiy so’zlar 2. teng bog’lovchilar 3. ergashtiruvchi bog’lovchilar 4. deb so’zi
5. ko’makchili qurilmalar 6. shart mayli qo’shimchasi 7. yuklamalar
A) 1, 3, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 1, 3, 4, 5, 6, 7 D) 3, 4, 5, 6, 7
23. Qanday gap bosh gap hisoblanadi?
A) oldin kelgan gap
B) ikkinchi qismda kelgan gap
C) mazmuni izohlanayotgan gap
D) boshqa gap mazmunini izohlayotgan gap
24. Qaysi qatorda bosh gap ergash gapdan keyin kelmoqda?
A) SHuni bilingki, bitta so’zning tig’i yuzta shamshirdan o’tkirroqdir.
B) SHunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim.
C) Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun, u maxsus o’rganishni talab qiladi.
D) SHuni mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, mening kasb tanlashimga otamning do’mbirasi sababchi bo’lgan.
25. Ergashgan qo’shma gaplar tuzilishiga ko’ra so’z birikmalariga o’xshashining sababi nimada?
A) ergashgan qo’shma gapda ergash gap oldin, bosh gap keyin keladi; so’z birikmasi tarkibida tobe so’z oldin, hokim so’z keyin keladi.
B) ergashgan qo’shma gap tarkibi bosh va ergash gapdan, so’z birikmasi tarkibi hokim va tobe so’zdan iborat bo’ladi.
C) Ergashgan qo’shma gap ham, so’z birikmasi ham ma’lum bir fikr bildiradi.
D) ergashgan qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar ham, so’z birikmasida tarkibiy qismlari ham biror grammatik vosita bilan bog’lanishi shart.
26. Qaysi qatorda ergash gap bosh gapdan oldin kelmoqda?
A) Tilagim shuki, tog’a, ayam bilan ukalarim kishilarga muhtoj bo’lmasin.
B) Misralarda so’zlar gavhar kabi yonadi, go’yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi.
C) Aytar so’zingni ayt, chunki to’g’ri so’z tosh yoradi
D) Agar arqondan qo’llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha yo’l topolmay sarson bo’lib yuraveradilar.

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling