Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet43/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

1.-ish 2.-uv 3.-gan 4.-gani 5.-moq 6.-ar 7.-mak
A) 1, 2, 5 B) 1, 2
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 5, 7
34.Sifat bilan sifatdoshning bir-biridan farqi qaysi javobda to’g’ri izohlangan?
A) Sifat otlashadi, sifatdosh otlashmaydi .
B) Sifatlar shaxs va narsaning turg’un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar o’zgarish, harakat belgisini ifodalaydi.
C) Sifat gapda asosan aniqlovchi vazifasini bajaradi, sifatdosh esa hol vazifasini bajaradi . D) B va C
35. Sifatdosh qanday grammatik ma’nolarga ega bo’ladi?
A) zamon B) bo’lishli-bo’lishsizlik
C) nisbat D) A, B, C
36.Qaysi gapda fe’lning zamon ma’nosi ko’chgan?
A) Bolalar bog’da yosh nihollarni parvarish qilyapti.
B) Zamon zamonligini qilmoqda.
C) Nasiba o’qishga kirish uchun hujjat topshiryapti.
D) Yuqoridagi gaplarda fe’lning zamon ma’nosi ko’chmagan .
37.Kelasi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping.
A) -gan B) -adigan C) -yotgan D) -qan
38.Qaysi so’z birikmalarida hozirgi zamon sifatdoshi mavjud ?
A) oqar so’z B) ishlagan bola
C) yurayotgan mashina D) tug’ilgan chaqaloq
39.Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi ishtirok etgan ?
A) Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko’tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar edi
B) O’z nafsiga asir bo’lgan odam insoniylikni qo’ldan boy beradi .
C) Oqar so’vning qadri yo’q .
D) CHuqur ariqdan toyimni sug’orib chiqayotganimda bir to’da uloqchi-chavandozlar uchrab qoldilar .
40.Hozirgi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping.
A) –ayotgan B) –qan C) –ydigan D) –mas
41.Sifatdoshning bo’lishsiz shakli berilgan qatorni toping.
A) Mana endi, Sobirjon o’g’lim, ro’zg’orga qarashadigan vaqtingiz bo’ldi .
B) Bog’larda gul ochilmaydi to yoz bo’lmaguncha.
C) Keng fe’l, ketmas davlat bersin .
D) Anovi vaqillayotgan qurbaqa, huv narigi yoqda hurayotgan it, shamolda shildirayotgan qamish yaproqlari sukunatni buzar edi .
42.Or – bu o’ziga nomunosib yoki ep ko’rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, nomus qilish tuyg’usidir. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysilari mavjud?
A) sifatdosh, ravishdosh, sof fe’l
B) sifatdosh, harakat nomi, sof fe’l
C) sifatdosh, harakat nomi
D) sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, sof fe’l
43.Uning ko’rmagan va eshitmagan hodisasi yo’q edi . Sifatdoshning bo’lishsiz shaklini ko’rsating
A) ko’rmagan
B) ko’rmagan, eshitmagan
C) ko’rmagan, eshitmagan, yo’q edi
D) ko’rmagan, eshitmagan, hodisasi yo’q edi
44.Ravishdosh haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri? 1.Ravishdosh fe’lning ravishga xoslangan shaklidir . 2.Ravishdosh harakatning belgisini bildiradi .
3.Ravishdosh gapda hol bo’lib keladi .
4.jarangli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga –gach, -guncha, -gani qo’shimchalari qo’shilib, -kach, -kuncha, -kani tarzida yoziladi .
A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 3 D) 1, 2
45.Qaysi gapda ravishdosh hol vazifasini bajarib kelmoqda?
A) Sabohat bu kitobni tezda o’qib chiqdi.
B) CHoy qaynayvermagach olovni kuchaytirdi
C) Qoradaryo hamisha to’lib oqqan, lekin hech qachon bunday suvsiz bo’lmagan .
D) Dushman ishi boshlaguncha .
46.Payt ma’nosini bildirgan ravishdosh qatnashgan gapni belgilang.
A) Yulduzlar jilmayib, yerga salom berardi go’yo .
B) Suvga tikilgancha o’ylanib qoldi. C) SHo’rva pishguncha, yetib kelaman .
D) Biz kasalxonaga Akromni ko’rgani bordik
47.Ravishdoshlarning qandy ma’no guruhlari mavjud? 1.holat 2.payt 3.maqsad 4.sabab 5.daraja-miqdor 6.o’rin
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4, 6 D) yuqoridagilarning barchasi
48.Yodgor kelib-kelmay hasharni adog’iga yetkazdi. Ushbu gapda ravishdoshning qanday ma’no turi bor?
A) payt B) maqsad C) holat D) sabab

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling