Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet44/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

49.Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi qo’shimchalari qo’shiladi?
A) –kach, -kuncha, -kani
B) –gach, -guncha, -gancha
C) –qach, -quncha, -qani
D) yuqoridagilarning barchasi qo’shiladi
50.Qoradaryo hamisha to’lib oqqan, lekin hech qachon bunday suvsiz bo’lmagan. Ushbu gapda fe’lning qanday vazifa shakllari mavjud?
A) ikkita sifatdosh
B) ikkita sifatdosh, bitta harakat nomi
C) ikkita harakat nomi, bitta sifatdosh
D) ikkita sifatdosh, bitta ravishdosh
51.Fe’llar gapda qachon aniqlovchi yoki to’ldiruvchi vazifasida kelishi mumkin?
A) otlashganda
B) fe’llar gapda aniqlovchi yoki to’ldiruvchi vazifasida kelmaydi
C) fe’llar maxsus shaklga ega bo’lganda
D) fe’llar gap boshida kelganda
52.Qaysi gapda harakat nomi to’ldiruvchi vazifasida kelgan?
A) Bilim o’qish va takrorlashning mevasidir .
B) Vatanni sevmoq iymondandir .
C) Qo’ziboy ishga aralashuvini ham, chiqib ketishini ham bilmay qoldi .
D) Yozuvchi turmushni doim o’rganmog’i lozim .
53.Qaysi qatorda ko’makchi fe’llar berilgan?
A) sotib olmoq, bunyod qilmoq
B) borib kelmoq, oshib tushmoq
C) tarbiya qilmoq, chirs etmoq
D) o’qiy boshlamoq, o’qib chiqmoq
54.Ko’makchi fe’l qanday xususiyatlarga ega?
A) o’z mustaqil ma’nosini yo’qotgan bo’ladi
B) ko’makchi fe’l faqat yetakchi fe’l bilan birgalikda qo’llanadi
C) asosdan anglashilgan harakatning bosqichlarini bildiradi D) A, B, C
55.Harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalovchi ko’makchi fe’lli gapni aniqlang.
A) O’yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho’zilib ketdi.
B) Samandar qo’ylarni hayday boshladi.
C) Men bu topshiriqni bajara olaman.
D) U xatni birpasda o’qib tashladi
56.Harakatning davomiyligini bildirgan ko’makchi fe’lli gapni aniqlang.
A) CHol atrofi baland devor bilan o’ralgan tor joyda uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar to’lib-toshib yotibdi .
B) Gohida shu ish ustiga uy egasining o’rtancha o’g’li Rasul kelib qoladi .
C) Samandar avval indamay turdi-da, so’ng baralla ovoz bilan kuylab yubordi .
D) Salima dugonasidan kelgan maktubni o’qib chiqdi .
57.U bu gapni bilmasdan aytib yubordi. Ushbu gapda ko’makchi fe’lning ma’nosi ...
A) davomiylik B) tez va oson
C) to’la yakunlanish D) bajarishga imkoniyat 58.Men “ Kecha va kunduz ” romanini zo’r hafsala bilan o’qib chiqdim. Ushbu gapdagi ko’makchi fe’lning ma’nosi ....
A) harakatning boshlanishi
B) bajarishga imkoniyat
C) to’la yakunlanish D) tez va oson
59.Nisbat va bo’lishsizlik shallari ko’makchi va yetakchi fe’llarning qay biriga qo’shiladi?
A) nisbat shakli yetakchi fe’lga, bo’lishsizlik shakli ko’makchi fe’lga qo’shiladi
B) bo’lishsizlik shakli yetakchi fe’lga, nisbat shakli ko’makchi fe’lga qo’shiladi
C) nisbat va bo’lishsizlik shakllari yetakchi fe’l tarkibida ham, ko’makchi fe’l tarkibida ham kelishi mumkin D) nisbat va bo’lishsizlik shakllari yetakchi fe’lga ham, ko’makchi fe’lga ham qo’shila olmaydi
60.Qaysi qatorda ko’makchi fe’l qatnashmagan?
A) yoza olmoq, o’qib turmoq
B) qirib tashlamoq, aytib solmoq
C) mixlab qo’ymoq, tushuna qolmoq
D) o’rnidan turmoq, o’qishni tugatmoq
61.Zamon va shaxs-son qo’shimchalari ko’makchi va yetakchi fe’llarning qay biriga qo’shiladi?
A) zamon qo’shimchasi yetakchi fe’lga, shaxs-son qo’shimchasi ko’makchi fe’lga qo’shiladi.
B) zamon qo’shimchasi ko’makchi fe’lga, shaxs –son qo’shimchasi yetakchi fe’lga qo’shiladi.
C) zamon va shaxs son qo’shimchalari faqat ko’makchi fe’lga qo’shiladi.
D) zamon va shaxs-son qo’shimchalari faqat yetakchi fe’lga qo’shiladi.
62.Fe’lning vazifa shakllari yetakchi va ko’makchi fe’llarning qay biriga qo’shiladi ?
A) faqat yetakchi fe’llarga qo’shiladi
B) faqat ko’makchi fe’llarga qo’shiladi
C) ham yetakchi, ham ko’makchi fe’lga qo’shiladi
D) fe’lning vazifa shakllari yetakchi va ko’makchi fe’llarga qo’shilmaydi

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling