Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet46/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

77.Ot+fe’l turidagi qo’shma fe’llarda asosan qaysi so’zlar ishtirok etadi?
A) ket, tur, bor B) qil, et, bo’l
C) so’ra, ol, ko’r D) tut, kut, yet
78.Fe’l+fe’l turidagi qo’shma fe’llarning ikkinchisida asosan qanday so’zlar ishtirok etadi?
A) yur, tur, qur B) ol, yoz, ko’r
C) kel, bor, so’ra D) kel, ket, ol
79.Ot turkumiga o’tgan juft fe’llarni toping.
A) oldi-qo’ydi, ketdi-qoldi
B) yozdi-oldi, sindi-qoldi
C) oldi-berdi, bordi-keldi
D) barchasi ot turkumiga o’tgan
80.Qaysi gapda juft fe’l mavjud?
A) Hakim bobo har bir niholni sevib-sevib parvarish qilardi.
B) Har bir ota-ona o’z farzandlarining kelajagini o’ylaydi.
C) U barcha qarzlaridan uzil-kesil qutuldi.
D) O’qituvchilarning oldiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib o’sha yerda ko’chiraman-qo’yaman .
81.Fe’lning qanday ma’noviy guruhlari mavjud?
1.nutqiy faoliyat fe’llari 2.aqliy faoliyat fe’llari 3.jismoniy faoliyat fe’llari 4.holat fe’llari
A) 1, 2, 3 B) 1, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4
82.Qaysi qatordagi gapda nutqiy faoliyat fe’li mavjud?
A) Oppoq paxtalarni hasharchilar birpasda terib tashladilar .
B) Men uning gapidan ko’p narsalarni fahmladim .
C) Murtazo sherigiga engashib, uning qulog’iga sekin pichirladi .
D) SHonazar o’tirganlarning gapidan xursand bo’ldi .
83.Modal so’zdan yasalgan fe’l ishtirok etgan gapni toping.
A) Bolalar supaga ovqatlangani o’tirishdi .
B) U mashg’ulotga kechikib kelganidan afsuslandi .
C) O’qituvchi bolalar bilan bir-bir salomlashdi
D) Ot suvga tushgach. rosa pishqirdi .
84.Holat fe’llari qatnashgan gapni aniqlang.
A) Manzura dugonasiga qarab jilmaydi .
B) O’jar Omonjon akasiga nimadir deb to’ng’illadi .
C) U o’zini uxlaganini bildirish uchun qimirlab qo’ydi .
D) Katta chinorni kesib tashladim .
85.Fe’lning munosabat shakllariga qaysilar kiradi? 1.zamon shakli 2.mayl shakli 3.shaxs-son shakli
A) 1, 2 B) 2 C) 1, 2, 3 D) 2, 3
86.Fe’llar qanday harakat-holatni ifodalashiga ko’ra qaysi turlarga bo’linadi?
A) harakat fe’li va holat fe’li
B) bo’lishli va bo’lishsiz, o’timli va o’timsiz
C) nutqiy, aqliy, jismoniy faoliyat hamda holat fe’llari
D) sodda, qo’shma, juft fe’llar hamda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalari
87.Fe’l asoslariga qo’shilib, gapda kesim vazifasida qo’llanishiga xoslovchi shakllar ...
A) shaxs-son qo’shimchalari hisoblanadi .
B) munosabat shakllari hisoblanadi .
C) zamon qo’shimchalari hisoblanadi .
D) mayl qo’shimchallari hisoblanadi .
88.Qanday shakllarga ega bo’lgan fe’llar gapda asosan kesim vazifasida keladi?
A) ravishdosh shaklida kelgan fe’llar
B) sifatdosh shaklida kelgan fe’llar
C) ravishdosh va harakat nomi shaklida kelgan fe’llar
D) zamon, mayl, shaxs-son shakllariga ega bo’lgan fe’llar
89.Zamon, mayl, shaxs-son ma’nosi va qo’shimchalariga ega bo’lmagan fe’l shakllari...
A) fe’lning vazifa shakllari deyiladi
B) ko’makchi fe’l shakllari deyiladi
C) bunday shakldagi fe’l mavjud emas
D) fe’lning noaniq shakllari deyiladi
90.O’tgan zamon fe’li qatnashgan gapni toping.
A) Sen ko’rmayapsan, oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so’nib borayapti .
B) Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G’anini uyga yuboribdilar.
C) Daryoning suvi ko’paysa, baliqning chiqishi oson bo’ladi .
D) Maktabga boray, Siz aytgan narsani topay, keyin aytaman .
91.Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabati ...
A) fe’l mayllari B) fe’l zamonlari
C) fe’lning tuslanishi
D) fe’lning ma’noviy guruhlari
92.Kelasi zamon fe’llari yasaydigan qo’shimchalarni aniqlang
A) -di, -ib B) -yotir, -moqda
C) -a, -yotib D) -a, -y, -a (-r)

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling